CHiqish signallari tabiiy bo‘lgan o‘lchov o‘zgartkichlari shunday
qurilmalarki, ularda chiqishdagi signallar tabiiy yo‘l bilan shakllanadi, ya’ni
o‘lchanayotgan kattalikni birlamchi almashtirish uchun eng oddiy va samarali yo‘l
bilan shakllanadi. O‘lchanayotgan kattaliklarning juda xilma-xilligiga qaramay tabiiy
chiqish signallarining turlari, odatda, o‘nta bilan chegaraladi: siljish, burish burchagi,
kuchlanishi, vaqt oralig‘i, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanish, aktiv va kompleks
qarshilik,
elektr
sig‘im,
chastota
(takroriylik).
Tabiiy
signalli
o‘lchov
o‘zgartkichlarining ba’zi hollarda qo‘llanishi asosan lokal nazorat qurilmalarida va
uncha murakkab bo‘lmagan ob’ektlarni avtomatlashtirishda iqtisodiy va texnik
jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy signallarni bir xillashtirilgan signallarga aylantirish uchun maxsus
me’yorlovchi o‘zgartkichlar ko‘zda tutilgan.
Diskret chiqish signalli o‘lchash o‘zgartkichlari (releli o‘zgartkichlar)
chiqishda o‘lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatga erishganda o‘z holatini
o‘lchovchi kontaktga ega. Ular asosan texnologik signalizasiya uchun qo‘llanadi.
O‘lchov qurilmalarida axborotni uzatish vositasi energiya yoki modda oqimlari
hisoblanadi. O‘lchov o‘zgartkichining yoki asbobning kirishiga energiya kirmasa
(o‘lchash ob’ektidan yoki oldingi o‘zgartkichdan), o‘lchash axborotini uzatish
mumkin bo‘lmaydi. Buni xisobga olib, barcha birlamchi o‘zgartkichlar ikki guruhga
bo‘linadi: generatorli va parametrik o‘zgartkichlar.
Generatorli o‘zgartkichlar — shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini
shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi. Masalan,
termojuft haroratni termoEYUK ga aylantirib, energiyani faqat o‘lchash
ob’ektidangina oladi. SHunday qilib, generatorli o‘zgartkichlarda energiya va axborot
oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |