Umumiy doc


Alanga (gaz oqimlarining) haroratini o‘lchash


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Alanga (gaz oqimlarining) haroratini o‘lchash 
Alanga haroratini o‘lchashning o‘ziga xos xususiyatlari va qiyinchiliklari bor. 
O‘lchash usulini tanlashda o‘lchanayotgan haroratlar darajasi, maqbul aniqlik va 
alanga turi tahlil qilinadi. Alanga harorati ko‘pgina sanoat qurilmalarida 
1600...1900°S atrofida bo‘ladi. Uni nurlanish pirometrlari yoki kontaktli 
termometrlar yordamida o‘lchanadi. Bu haroratni nurlanish bo‘yicha o‘lchaganda uni 
pirometrning vizirlash o‘qi bo‘ylab fazoviy o‘rtalashtirish yuz beradi. O‘lchash 
natijalariga alangadagi nurlanish komponentlari ta’sir etadi. Pirometr qabul qiladigan 
to‘lqinlar uzunligini tanlash katta ahamiyat kasb etadi. Gazlarning nur 
tarqatmaydigan issiq yoki sovuq qismlarini maxsus bo‘yamasdan turib, pirometrlar 
bilan o‘lchab bo‘lmaydi. 
Bunday o‘lchashning kamchiliklaridan biri haroratni optik o‘q bo‘ylab 
o‘rtalashtirishdir. SHuning uchun, topilgan natija alanganing qaysi nuqtasiga tegishli 
ekanini aniqlab bo‘lmaydi. Bu jihatdan o‘lchamlari uncha katta bo‘lmagan 
termoelektr termometrlarni qo‘llash katta afzaliklarga ega. Ammo bunday 
termometrning harorati gaz haroratidan ancha (1OO...2OO°S ga) farq qilishi 
mumkin, chunki u termometrning issiqlik balansi bo‘yicha aniqlanadi. 
Eritmaning haroratini o‘lchash 
Eritmalarning haroratini o‘lchash murakkabligi asosan termometr himoya 
g‘ilofining zanglashi bilan bog‘lik. Tuz eritmalarining haroratini o‘lchashda himoya 
g‘iloflari bir necha o‘n soatdan keyin eritmaning agressiv ta’siri sababli ishdan 
chiqadi. SHuning uchun, ko‘pincha g‘ilofni sifatsiz, arzon, osonlik bilan 
almashtiriladigan, bir vaqtda termojuft elektrodidan iborat bo‘ladigan po‘latdan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


98
yasaladi. SHisha eritmalari haroratini o‘lchash uchun himoya g‘iloflari uglerodli yoki 
qimmatbaho metallardan yasaladi. 
Qovushoq muhitlar haroratini o‘lchashda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. 
Bu hollarda issiqlikka sezgir elementni osongina tozalashni, ko‘pincha almashtirishni 
ham ta’minlash zarur. Bunda sezgir element bilan o‘lchanayotgan muhit orasida etarli 
darajada yaxshi kontakt ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
Biror o‘lchash usulini tanlash va uning konstruktiv bajarilishi eritma haroratini 
o‘lchashning konkret sharoitlari, ularning turli materiallar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi, 
nurlanish qobiliyati va boshqa fizik hamda kimyoviy xossalari bilan belgilanadi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling