Umumiy doc


Naychasimon prujinali asboblar


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir element sifatida naychasimon 
manometrik prujina ishlatilgan deformasioi asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish 
amaliyotida keng tarqalgan. Ayniqsa, bir o‘ramli naychasimon prujinali asbob — 
manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmanometrlar juda ko‘p qo‘llanadi. 
Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan 
bosimning elastik deformasiya kuchi bilan muvozanatlashuviga asoslangan. 
Aylana yoyi bo‘yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon 
prujina ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o‘zgarishi natijasida o‘zining 
bukilishini o‘zgartiradi (3.3-rasm, a). 
O‘lchanayotgan ichki va tashqi atmosfera bosimlari farqi ta’sirida naychali 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


111 
prujina deformasiyalanadi: naycha kesimining kichik o‘qi kattalashadi, katta o‘qi 
kichiklashadi, bunda prujina deformasiyalanadi va uning erkin uchi 1...3 mm ga 
siljiydi. 5 MPa gacha bo‘lgan bosim uchun naychali prujinalarni jezdan, bronzadan, 
undan ham yuqori bosimlar uchun — legirlangan po‘lat va nikel qotishmalaridan 
tayyorlanadi. 
3.4-rasmda bir o‘ramli prujinali manometrlarning 
kinematik 
sxemasi 
keltirilgan. 
Bosim 
o‘zgarishi 
natijasida prujina 3 uchnning siljishi tortqi 5 orqali 6 
sektorga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli 
ilashma yordamida tribka 2 ning aylanishiga olib keladi. 
Tribkaning o‘qiga ko‘rsatuvchi strelka 4 biriktirilgan. 
Naychaning bo‘sh uchida siljish uncha katta 
bo‘lmagani 
sababli, 
ko‘pincha, 
ko‘p 
o‘ramli 
naychasimon 
prujinalar 
ishlatiladi. Ko‘p o‘ramli 
(gelikoidal) naychasimon prujijinali manometrlarning ish organi olti, to‘qqiz o‘ramli 
yassi naychadan xosil qilingan silindrik spiral shaklga ega. Gelikoidal naychasimon 
prujinali manometrlar o‘ziyozar va ko‘rsatishlarni masofaga uzatuvchi bo‘ladi. 
Naychasimon prujinali manometrlar ko‘rsatish, yozish, signal berish va 
ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun mo‘ljallangan. 
Hozir pnevmatik va elektr datchiklarning unifikasiyalangan
tizimga kiritilgan prujinali asboblarning ko‘p turlari
chiqmoqda. 
Bu asboblar standart pnevmatik, elektr signallarda 
ishlaydigan ikkilamchi asboblar va maxsus qurilmalar majmuasida qo‘llanadi. 
Asbobsozlik sanoati 0,1 dan 1000 MPa (1...10000 kgk/sm
2
) gacha bo‘lgan bosimlarni 
ulchaydigan asboblar ishlab chiqaradi. Texnik manometr, vakuummetr va 
manovakuummetrlar 1; 1,6; 2,5 va 4 aniqlik sinfiga ega. Namuna asboblarning 
aniqlik sinfi 0,16; 0,25 va 0,4. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling