Umumiy doc
тягонапорметрнинг принципиал
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Membranali asboblar
- Юмшоқ мембранали
тягонапорметрнинг принципиал
схемаси PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 113 bog‘lanish kuchi orqali muvozanatlashadi. Muvozanatlash richag 8, zaslonka (to‘siq) 4 va G-simon richagdan tashkil topgan pishangli mexanizm orqali bajariladi. Teskari bog‘lanish kuchi kompensasion element — teskari bog‘lanish silfoni 7 dagi siqilgan havo bosimi orqali hosil bo‘ladi. O‘lchanayotgan bosim o‘zgarishi bilan pishang 8 va to‘siq 4 soplo 5 ga nisbatan siljiydi. Natijada soplo 5 ning yo‘lida (kanalida) nomoslik signali paydo bo‘ladi. Bu signal kuchaytirgich 6 dan teskari bog‘lanish silfoniga kelayotgan bosimni o‘zgartiradi. O‘lchanayotgan parametrning o‘lchovi bo‘lgan bosim bir yo‘la masofaga uzatish liniyasiga (kanaliga) ham yuboriladi. Asbobni sozlash uchun rolik 2 xizmat qiladi, u richag 1 va 8 lar bo‘ylab harakat qiladi. Prujina 3 asbobni nol belgisiga sozlaydi. Pnevmatik signalni 300 m masofaga uzatish mumkin. Bunday silfonli asboblar turli xilda va rusumda chiqariladi hamda turli chegarali o‘lchovlarga mo‘ljallangan. Ularning aniqlik sinfi 1 va 1,5. Silfonlarning asosiy kamchiliklari gisterezis mavjudligi va xarakteristikaning birmuncha nochiziqligidir. Gisterezis ta’sirini kamaytirish va bikrlikni oshirish maqsadida, ko‘pincha, silfon ichiga prujina o‘rnatiladi. Membranali asboblar. So‘nggi yillarda membranali asboblar tobora keng qo‘llanmoqda. Bu asboblarda sezgir element sifatida elastik materiallardan tayyorlangan yumshoq, shuningdek gofrlangan plastinkasimon membranalar yoki gofrlangan membrana qutichalar ishlatiladi. Membranali asboblar bilan uncha katta bo‘lmagan ortiqcha bosimlar va siyraklanishlar hamda bosimlar farqi o‘lchanib, manometrlar, napormetrlar, tyagometrlar va difmanometrlar rusumli asboblar mavjud. Membrananing egilishdagi elastikligi uning geometrik o‘lchamlariga (diametri, qalinligi, gofrlarining soni, shakliga), materialiga hamda unga ta’sir qiladigan bosimga bog‘liq. Membranadagi gofrlar uning bikrligini oshiradi va xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqli bo‘lishini ta’minlaydi. Membrananing bikrligini oshirish maqsadida uning o‘rta qismiga qattiq materialdan yasalgan disk yoki prujina o‘rnatiladi. Membrana rezina, plastmassa, latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Bronzadan tayyorlangan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 114 membrananing qalinligi o‘lchanadigan bosim qiymatiga qarab 0,02...1,0 mm bo‘lishi mumkin. Membranaga ikkala tomondan ta’sir etadigan bosimlar farqi ta’sirida uning markazi siljiydi. Membrana markazining bosim ta’sirida siljishi katta emas va 1,5...2.0 mm ni tashkil etadi. Bu hol asboblarning sezgirligini kamaytiradi va uzatish soni katta bo‘lgan mexanizm qo‘llashni talab etadi. Membrana asboblarning bu kamchiliklari ularni ishlatish doirasini cheklaydi. Membrana elastik sezgir elementlar ko‘proq membranali quticha ko‘rinishida bo‘lib, asboblar kichik bosim va siyraklanishni o‘lchashda ishlatiladi. Bunday membranali asboblar ±250 Pa dan ±25 kPa gacha bo‘lgan o‘lchash chegaralariga mo‘ljallangan. Ularning aniqlik sinfi 1,5 va 2,5. Elektr va pnevmatik tarmoqlar tarkibiga kirgan yumshoq membranali difmanometrlar (DM) keng tarqalgan. 3.6- rasmda membranali elektr difmanometrning prinsipial sxemasi keltirilgan. Asbobning ishlash prinsipi elektr signalli kuch kompensasiyasiga asoslangan. O‘lchanayotgan bosimlar farqi membranali o‘lchash bloki 12 ning musbat va manfiy kameralariga beriladi. Membrana yordamida bosimlar farqi mutanosib kuchga aylantiriladi. Membranada hosil bo‘lgan kuch pishang 11 yordamida o‘zgartgichning pishangli uzatish mexanizmiga uzatiladi. O‘zgartgich T-simon pishang 1, G-simon pishang 2 va pishang 8 dan iborat bo‘lib, teskari bog‘lanish kuchi bilan muvozantlanadi. Teskari bog‘lanish kuchi magnitoelektr mexanizm 9 da (teskari bog‘lanish qurilmasi) bosimlar farqi o‘zgarishi bilan hosil bo‘ladi. Bunda pishangli 8, nomoslik indikatori 6 ning bayroqchasi 5 ni siljitadi. Indikatorda paydo bo‘lgan nomoslik elektr signali kuchaytirgich 7 da kuchayadi va magnitoelektr kuch 3.6 – расм. Юмшоқ мембранали Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling