Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
R ort =R mut -R atm (3.3) Atmosfera bosimi — er atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun, bu bosim ko‘pincha barometrik bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum (siyraklanish) sodir bo‘ladi. R v =R atm -R mut (3.4) PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 104 Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformasion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi. O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) manometr — mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi; 2) barometr — atmosfera bosimini o‘lchaydi; 3) vakuummetr — berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi; 4) manovakuummetr — ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi; 5) naporomer — kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi; 6) tyagomer — kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi; 7) tyagonaporomer — kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi; 8) differensial manometr — ikki bosim ayirmasini (bosimlar farqini) o‘lchaydi. Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan. 3.2-§. SUYUQLIKLI BOSIM O‘LCHASH ASBOBLARI Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ish suyuqliklari, ko‘pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi. Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llanadi. Ularda ish suyuqligi sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, suyuqlik sathi shunday xolatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosim bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli manometrlar P 2 2 1 мм 1 h h 2 H 4 3 0 3.1 – расм. Икки найчали манометр PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 105 ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega. O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. SHunday suyuqlikli asboblar guruhi borki, ularda ish suyuqligining sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o‘zgarishi qalqovichning siljishiga yoki boshqa qurilma tasniflarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar yo raqamli qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi. Suyuqlikli asboblarning ba’zi turlarini ko‘rib chiqamiz. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling