Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayeva M
7 II.ASOSIY QISM 2.1. Zamburug„lar haqida umumiy ma‟lumotlar. Zamburug‗lar bir va ko‗p hujayrali, shakllangan yadroga ega bo‗lgan eukariot organizmlarning o‗ziga xos guruhini tashkil etadi. Xalqaro mikologiya instituti direktori prof. D. Xouksvortning hisoblariga ko‗ra tabiatda zamburug‗larning 1,5 mln ga yaqin turi mavjud 1 , ammo hozirgacha fan tomonidan ularning taxminan 70 mingtasi (5 foizi) aniqlangan (Alexopoulos et al., 2007). O‗simliklar kasalliklarining aksariyatini mikroskopik zamburug‗lar qo‗zg‗atadi. Zamburug‗larning tirik mavjudotlar orasida tutgan o‗rni haqida fanda hali ham bahslar ketmoqda. Oldin barcha tirik mavjudotlar o‗simlik va hayvonot dunyolariga bo‗linar edi. Zamburug‗larni o‗simliklar dunyosida joylashtirib, suv o‗tlari bilan birga tuban (sporali) o‗simliklar guruhiga kiritishar edi. Haqiqatan, hujayralarining polyarligi, ustki (apikal) qismi o‗sishi chegaralanmaganligi, yaxshi shakllangan hujayra devorchalari va vakuolalari mavjudligi, vegetativ holatda harakatsiz bo‗lishi jihatidan zamburug‗lar o‗simliklarga o‗xshaydi. Ammo zamburug‗larning o‗simliklardan farqlari va hayvonlar bilan o‗xshashlik belgilari ham bor. Bular – zamburug‗larning geterotrof oziqlanishi, vitaminlarga ehtiyoji, azot almashinuvi jarayonida mochevina hosil bo‗lishi va yig‗ilishi, zahira ozuqa moddasi sifatida glikogen va ba‘zi boshqa birikmalar sintez qilinishi, ko‗p turlarning hujayra qobig‗i xitin (va gemitsellyuloza) dan tashkil topishi va b. Shu bilan birga ba‘zi belgilari – vegetativ tanasi mitseliydan iborat bo‗lishi va osmotrof oziqlanishi; o‗ziga xos yadro sikllari, getero- va dikarioz mavjudligi bilan zamburug‗lar o‗simliklardan ham, hayvonlardan ham farq qiladi. Sistematika tuzishda zamburug‗larning alohida guruhlari orasidagi evolyusion aloqalar hisobga olinishi lozim. Sistematikaning asosi – tur. Zamburug‗lar sistematikasi, ya‘ni ularni dunyo, bo‗lim, sinf, tartib, oila, turkum va turlarga bo‗lish turlarning morfologik, biologik, fiziologik, biokimyoviy, genetik, sitologik va boshqa xususiyatlariga asoslanadi, fitopatogen turlarning esa, birinchi 1 Бошқа микологларнинг ҳисоб-китобларига кўра, замбуруғлар ва замбуруғсимон организмлар таркибига тахминан 500 000 та тур киради (R.M. May, 1991). 8 navbatda xo‗jayin o‗simliklarga ixtisoslashishini hisobga oladi. Hozirgi paytda sistematikada alohida organizmlar yoki ularning guruhlarining DNK si tuzilishiga juda katta ahamiyat berilmoqda. Natijada zamburug‗ va zamburug‗simon organizmlar sistemasida katta o‗zgarishlar yuz berdi. Kasallik diagnostikasida uni qo‗zg‗atuvchi turning sistematikadagi o‗rnini aniqlash shart va bu kasallikka qarshi asoslangan kurash choralarini tanlab olishga imkon beradi. Ilgari zamburug‗lar guruhiga kiritilgan organizmlar hozir tirik tabiatning yana uchta mustaqil dunyosiga bo‗lindi – Protozoa yoki Protists (Protozoa, Protistlar), Chromista yoki Stramenopila (Xromista, Stramenopila) va Fungi yoki Mycota (Fungi, Mikota – Haqiqiy zamburug‗lar). Ulardan har birining tarkibiga bir necha filum 2 kiradi. Zamburug‗simon organizmlarning Protozoa dunyosiga miksomitsetlar 4 ta filum sifatida kiritilgan; Chromista dunyosiga esa qo‗ng‗ir, zar tusli, sariq-yashil va diatom suv o‗tlari bilan birga soxta zamburug‗larning 3 ta filumi – gifoxitridiylar, oomitsetlar va labirintullar kiritilgan. Haqiqiy zamburug‗lar dunyosiga Xitridiomikota, Zigomikota, Askomikota, Bazidiomikota filumlari hamda Anamorf zamburug‗lar (eski nomi Deyteromikota bo‗limi, yoki Takomillashmagan zamburug‗lar sinfi) guruhi kiradi. Bu dunyolarning fitopatologiya nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo‗lgan filumlarining tavsiflari quyidagi matnda va 7-jadvalda keltirilgan. Botanik nomenklaturaning xalqaro kodeksi (BNXK) ga binoan zamburug‗ turlariga nom berishda binar nomenklatura qo‗llaniladi, ya‘ni turning to‗la nomi ikkita – turkum hamda tur – nomidan iborat bo‗ladi. Masalan, arpada to‗rsimon dog‗lanish qo‗zg‗atuvchi zamburug‗ning anamorf bosqichining nomi Drechslera teres (Sacc.) Shoem. Turning ilmiy tavsifini birinchi bo‗lib bayon qilgan muallif(lar) tur nomidan keyin keltiriladi. Bu yerda tur nomidan keyin qo‗yilgan (Sacc.) so‗zi bu turni birinchi bo‗lib Sakkardo (Saccardo) bayon etganini, ammo uni Helminthosporium teres deb ataganini bildiradi. Keyinchalik Shumeyker zamburug‗ Drechslera turkumiga mansubligini, patogenning haqiqiy 2 Микология ва фитопатологияда қўлланиладиган ―филум‖ атамаси тахминан ―бўлим‖ атамасига тўғри келади. Филумлар номларининг охири -mycota билан, синф номларининг охири эса -mycetes билан тугалланади. 9 nomini hamda taksonomiyadagi o‗rnini aniqlagan. Helminthosporium teres Sacc. nomi – Drechslera teres (Sacc.) Shoem. nomining ko‗rsatilishi shart (majburiy) bo‗lgan sinonimidir. BNXK ga binoan tur nomi lotin tilida yozilishi har bir zamburug‗ turining nomi butun dunyoda bir xil bo‗lishini ta‘minlaydi. Turkum nomi doim bosh harf bilan, tur nomi esa kichik harf bilan yoziladi. Taksonomik kategoriyalar ham BNXK ning qoidalariga binoan yoziladi. Bunda taksonlarning oxirgi qismlari quyidagi shaklda unifikatsiya qilingan: dunyo – Mycota, filum (bo‗lim) - Ascomycota, sinf – Euascomecetes, tartiblar guruhi – Loculoascomycetes, tartib – Pleosporales, oila – Pleosporaceae, turkum – Pyrenophora, tur – Pyrenophora tritici-repentis. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling