Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya
Mitseliyning o„zgargan shakllari
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayeva M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psevdoparenxima (soxta parenxima
Mitseliyning o„zgargan shakllari. Ba‘zi zamburug‗larning mitseliylari
substratga tekkan joylarida, rizoidlar, deb ataladigan kalta, shoxlangan gifalar dastasini hosil qiladi. Rizoidlarning funksiyasi ildizlarnikiga yaqin bo‗lib, ular yordamida zamburug‗ substratga yopishadi. Zamburug‗larning aksariyati hayotining muayyan bosqichlarida bir-biriga chirmashib va bir-biri bilan qo‗shilib ketgan gifalardan tashkil topgan tuzilmalarni hosil qiladi. Ular soxta to‗qima, yoki plektenxima, deb ataladi. Yuksak o‗simliklarga xos bo‗lgan haqiqiy to‗qimalarga differensiyalanish mavjud bo‗lmasa ham, zamburug‗larning plektenximalarini, gifalar zichligi asosida, ikki tipga – prozenxima va psevdoparenximaga – bo‗lish mumkin. Prozenxima po‗k soxta to‗qima bo‗lib, unda gifalar bir-biriga nisbatan goh parallel joylashadi, goh bir-biriga chirmashib, qo‗shilib ketadi. Bunday tipdagi to‗qimalardan zamburug‗larning rizomorflari va stromalari tashkil topadi. Psevdoparenxima (soxta parenxima) oval yoki izodiametrik hujayralar va bir-biriga chirmashib, qo‗shilib ketgan gifalardan tashkil topgan bo‗lib, tuzilishi yuksak o‗simliklarning parenximasiga o‗xshaydi. Psevdoparenximalardan zamburug‗larning sklerotsiylari tashkil topadi. 15 Zamburug‗lar, atrof-muhit sharoitlari bilan bog‗liq holda, vegetativ tanasini o‗zgartirish qobiliyatiga ega. Mitseliyning ba‘zi bunday o‗zgargan shakli o‗ziga xos tinim davridagi struktura bo‗lib, zamburug‗ uzoq vaqt davomida bu shaklda saqlanishi mumkin. Mitseliyning o‗zgargan shakllariga sklerotsiylar, stromalar, mitselial arqonchalar, rizomorflar va mitselial pardalar kiradi (4-rasm). Ulardan eng ko‗p uchraydigani – sklerotsiylar – har xil shakl va har xil o‗lchamga ega bo‗lgan zich, qattiq tanachalardir. Ular ozuqa moddalariga boy va tarkibida suv kam bo‗lgan gifalar bir-biriga zich yopishib hosil qilgan soxta to‗qima (plektenxima) dan iborat bo‗lib, ularning asosiy funksiyasi – noqulay atrof-muhit sharoitlarida tur o‗z hayotchanligini saqlashidir. Ularning ichki qismi (o„zagi) odatda yupqa qobiqli, rangsiz yoki och tusli gifalardan, tashqi qismi (qobig„i) esa qalin, to‗q tusli elementlardan tashkil topgan. Shu sababdan tashqi tomonidan sklerotsiylar ko‗pincha qora tusli bo‗lib ko‗rinadi. Tinim davini o‗tagach, sklerotsiylar o‗sadi va bunda mitseliy yoki sporalash organlarini hosil qiladi. Differensiatsiyalashgan sklerotsiylarni ko‗p yuksak zamburug‗lar, jumladan sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka va boshqa o‗simliklarda kasallik qo‗zg‗atuvchi Sclerotium, Botrytis, Verticillium, Claviceps turkumlari turlari va b. hosil qiladi. O‗lchami kichik (odatda mikroskopik) sklerotsiylar mikrosklerotsiylar deb ataladi. Agar sklerotsiy faqat gifalardan tashkil topib, zamburug‗ bilan zararlangan o‗simlik to‗qimalaridan oson ajraladigan bo‗lsa, u differensiyalashgan sklerotsiy, deb ataladi. Agar sklerotsiy hosil bo‗lishida gifalardan tashqari zararlangan o‗simlik to‗qimalari ham qatnashsa, u sklerotsial stroma, yoki mumiya, deb ataladi. Ko‗p zamburug‗lar hosil qiladigan mitselial stromalar – o‗sib, substrat ichiga singib kirgan yirik va seret gifalar qatlami bo‗lib, uning ichida yoki ustida zamburug‗ning meva tanachalari yoki spora hosil qiluvchi organlari paydo bo‗ladi. Stromalar yumshoq yoki yog‗ochsimon qattiq, har xil shaklli va tusli bo‗lishi mumkin. Mitselial stromalarni ko‗p askomitsetlar hosil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling