Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayeva M
Mitselial arqonchalarni har xil yuksak zamburug‗lar guruhlarining vakillari
tez-tez hosil qiladi. Oddiy arqoncha bir qancha bir-biriga tashqi shilimshiq qobig‗i yoki kalta anastomozlar yordamida yopishgan, ko‗p sonli bo‗lmagan va parallel joylashgan bir xil gifalardan tashkil topadi. Oddiy arqonchalarni faqat mikroskopda ko‗rish mumkin. Funksional differensiatsiyalashgan arqonchalar ma‘lum bir funksiyani bajarish uchun xizmat qiladi. Masalan, uy zamburug‗i (Serpula lacrymans) ning arqonchalari gifalar ko‗p sonli anastomozlari vositasida bir-biriga mustahkam birikishi natijasida hosil bo‗ladigan tuzilmalardir. Uning arqonchalari uch xil gifalardan tashkil topadi: 1) oddiy vegetativ; 2) arqonchalarga mexanik mustahkamlik beruvchi qobig‗i qalin va ichki qismi tor; bular o‗ziga xos qoplovchi material funksiyasini bajaradi; 3) ichki qismi keng va hujayra devorchalari har xil darajada qalinlashgan, septalari qisman yemirilgan o‗tkazuvchi (tomir) gifalar. O‗tkazuvchi (tomir) gifalari ozuqa moddalari harakatini ta‘minlaydi, demak ular o‗tkazuvchi sistema vazifasini bajaradi. Ular gifalar o‗lchami, qalinligi, shakli, konsistensiyasi, tusi va tuzilishi bo‗yicha farqlanadi. Arqoncha yordamida zamburug‗ ancha uzoq masofadagi ozuqa manbaalaridan foydalanishi mumkin. Rizomorflar yanada mustahkamroq, to‗q tusli, shoxlangan arqonchalar bo‗lib, tashqi ko‗rinishidan ular o‗simlik ildiziga o‗xshaydi. Ularning uzunligi bir necha metr, kengligi bir necha mm ga yetishi mumkin. Rizomorf tarkibidagi gifalarning funksiyalari har xil. Rizomorfning tashqi qismi to‗q tusli va qalin qobiqli hujayralardan, ichki qismi – rangsiz, yupqa qobiqli gifalardan hamda o‗tkazuvchi tomirlarga o‗xshash (shoxlanmagan, septalari mavjud bo‗lmagan, ichki bo‗shlig‗i keng va qobig‗ida xalqasimon bo‗rtmalari bo‗lgan) gifalardan tashkil topadi. Arqonchalar va rizomorflarning asosiy funksiyasi – zamburug‗ vegetativ ko‗payishida uning tarqalishini ta‘minlashdir. Masalan, to‗nka zamburug‗i rizomorflari bilan daraxtdan daraxtga, ko‗pincha bir necha metr masofaga, tarqaladi. Arqonchalar va rizomorflar orqali suv va ozuqa moddalar rivojlanayotgan meva tanachalariga yetkazib berilishi mumkin. Nihoyat, qalin 17 qobiq bilan qoplangan bu tuzilmalar zamburug‗ noqulay atrof-muhit sharoitlarida saqlanishini ta‘minlash uchun xizmat qiladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling