Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Zamburug„larning fermentlari


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

Zamburug„larning fermentlari. Zamburug‗larning ferment sistemalari 
murakkab tuzilishga ega. Ularning fermentlarini ikki guruhga bo‗lish mumkin. 
Birinchi guruh – ekzofermentlar, substratdan ozuqa moddalarni olish uchun uni 
yemirish jarayonlarini kataliz qiladi. Ikkinchi guruh – endofermentlar, hujayraga 
kiritilgan ozuqa moddalarini o‗zgartirib, ulardan yuqori molekular birikmalar 
sintezini amalga oshiradi. Fermentlar ishtirokida kimyoviy reaksiyalar o‗tadi va 
hujayraga lozim bo‗lgan energiya hosil bo‗ladi.
Fermentlar to‗plamining tarkibi zamburug‗larning yashash tarzi va 
ixtisoslashishi bilan chambarchars bog‗liq. Fermentlarning eng xilma-xilligi ozuqa 
substrati sifatida o‗simliklar va hayvonlarning o‗lik to‗qimalarini o‗zlashtiruvchi 
va har xil materiallarda biozararlanish qo‗zg‗atuvchi saprotrof zamburug‗larda 
mavjud. Murakkab ferment sistemasi yordamida saprotroflar ozuqa manbai sifatida 
har xil substratlarni o‗zlashtira oladi. Fakultativ parazitlarning fermentlar to‗plami 
ham ancha boy. Ammo, zamburug‗ning parazitik ixtisoslashishi darajasi qancha 
yuqori bo‗lsa, uning fermentlar to‗plami shuncha kam bo‗ladi. Shunday, fakultativ 
parazitlarga nisbatan fakultativ saprotroflar va ayniqsa obligat parazitlarning ozuqa 
substratlari ancha aniq va barqaror.
Sifat tarkibi bo‗yicha fitopatogen zamburug‗larning o‗simlik hujayra 
qobig‗ini yemiruvchi fermentlari mavjud. Bulardan sellyulaza ta‘sirida sellyuloza 
shishadi va eriydi, pektinaza esa hujayralararo plastinkalarni eritish va to‗qimalarni 
bo‗tqa shakliga keltirish jarayonlarini kataliz qiladi. Bu fermentlari yordamida 
zamburug‗ xo‗jayin o‗simlik hujayrasi ichidagi moddalardan foydalanishga yo‗l 
ochadi.


21 
Zamburug‗ o‗simlik hujayrasiga kirgandan keyin uning ichidagi moddalarni 
o‗zlashtira oladigan shaklga keltirish vazifasini bajarishda qatnashadigan 
fermentlarining ahamiyati oshadi. Bular birinchi navbatda kraxmalni 
gidrolizlovchi (amilaza), oqsillarni parchalovchi (proteaza) va b. Bu fermentlar 
yordamida zamburug‗lar amalda o‗simlikning barcha qismlarini yemiradi.
Normal yashashi, o‗sishi va ko‗payishi uchun zamburug‗larning ko‗p ozuqa 
elementlariga ehtiyoji bor, ularning orasida eng muhimlari qatoriga karbon, azot, 
oltingugurt, fosfor, kaliy, magniy va mikroelementlar (temir, rux, mis, kobalt, 
marganes, molibden va b.) kiradi. Zamburug‗larga vitaminlar, birinchi navbatda 
biotin va tiamin, o‗sishni boshqaruvchi va boshqa biologik faol moddalar ham 
lozim.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling