Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayeva M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribaning maqsadi
- Tajribaning vazifasi
- Tadqiqot olib borish usullari va joylari Tadqiqot uslublari
25 III. Eksperimental qismi Tadqiqotni maqsad va vazifasi Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‗jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‗simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti «O‗simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi. Tajribaning maqsadi: Tajribani o‗tkazishdan maqsad tuproqdagi mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklar belgilarini o‗rganish hamda ushbu kasalliklarga qarshi kurash choralarini aniqlashdan iborat. Tajribaning vazifasi quyidagilardan iborat: - tuproqdagi mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklarini tarqalishi, rivojlanishi va zararini monitoring qilish; - tuproqdagi mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklar belgilarini bioekologik xususiyatlarini o‗rganish; - tuproqdagi mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklarga qarshi kurash choralarini aniqlash. Tadqiqot olib borish usullari va joylari Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar mikologiya va qishloq xo‗jaligi fitopatologiyasida umumqabul qilingan usullar asosida bajarilib, kasalliklar bilan zararlanish va kasallikning rivojlanishi I.I.Minkevich, Sokhi S.S, Meya A.I, Mabbett T.H va A.Ye.Chumakov; kasalliklarga qarshi fungitsidlarni qo‗llash, biologik va iqtisodiy samaradorliklarini aniqlashda Sh.T.Xo‗jaev uslubiy qo‗llanmalaridan foydalanib, ma‘lumotlar B.A.Dospexov uslubi bo‗yicha dispersion tahlil qilinadi. Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‗jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‗simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti 26 «O‗simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi. Tajriba davomida laboratoriya sharoitida tuproqdagi mikroelementlarning kam yoki ko‗pligi sababli o‗simliklarda kelib chiqadigan yuqumsiz kasalliklargni qaysi muddatda va o‗simliklarning qancha qismiga zarar keltirishini o‗rganishga aniqlik kiritdik. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling