Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Zamburug„larni sof kulturaga ajratish


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1614828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Jo\'rayeva M

Zamburug„larni sof kulturaga ajratish uchun ozuqa muhitini tayyorlash 
paytida organizm modda almashinuvi xususiyatlari, ularning karbon va energiya 
manbaalariga ehtiyoji hisobga olinadi. Bunda umumiy qoida – muhitda karbon 
miqdori azotga nisbatan 10-15 baravar ko‗proq bo‗lishi lozimligidir. Kulturalarini 
bakterial zararlanishdan asrash uchun muhitlarni iliq bo‗lgunicha sovutib, Petri 
likopchalariga quygach, agar-agar qotishidan oldin ularning har biriga 1 ml 
antibiotik (penitsillin, ctreptomitsin, xloramfenikol va b.) eritmalaridan birini yoki 
bir nechtasining aralashmasini solish lozim. Bulardan faqat xloramfenikol 
avtoklavda sterilizatsiya qilishga chidamli va bu jarayonda faolligini yo‗qotmaydi. 
Zamburug‗larni har xil substratlardan ajratib olish uchun selektiv muhitlar tanlab 
olinadi va qaysi turkum turlarini ajratib olish rejasiga ko‗ra maxsus kimyoviy 
birikmalar hamda zamburug‗lar o‗sishini sekinlashtiruvchi birikmalardan biri 
(bengal nimrangi, meditsinada ishlatiladigan ho‗kiz safrosi (o‗ti), natriy propionat, 
triton yoki natriy dezoksixalat) qo‗shiladi.
 
 
 
 
 


22 
2.4. Zamburug„larning atrof-muhit sharoitlariga munosabatlari 
Zamburug‗larning hayot kechirishi, o‗sishi, rivojlanishi va parazitlik faoliyati 
atrof-muhit sharoitlariga, birinchi navbatda namlik, harorat, muhit nordonligi (rN), 
kislorod bilan ta‘milanishiga va boshqalarga bog‗liq. Muayyan namlik va harorat 
mavjud bo‗lishi – zamburug‗ rivojlanishi xarakterini belgilovchi asosiy shartdir. 
O‗simlik kasallik bilan zararlanishi darajasi bularga bevosita bog‗liqligi tufayli, 
fitopatogenning potensial imkonlarini baholashda namlik va harorat alohida 
ahamiyat kasb etadi.
Namlik. Zamburug‗larning suvga ehtiyoji tomchi namlik mavjudligi va 
havoning nisbiy namligi (HNN) bilan ifodalanadi. Ularning aksariyati, masalan, 
zoosporalari mavjud bo‗lgan tuproq zamburug‗larining ko‗p turlari substratda va 
atrof-muhitda yuqori namlik mavjudligida yaxshi rivojlanadi. Shu bilan birga, 
tuproq namligi keragidan ortiqcha bo‗lishi ko‗p zamburug‗larga salbiy ta‘sir qiladi, 
chunki bunda ular hayot faoliyati uchun zarur bo‗lgan kislorodni ola olmaydi. 
Zamburug‗larning hayotchanligini saqlashga imkon beradigan namlik chegaralari 
ular faol o‗sishi mumkin bo‗lgan chegaralaridan ancha kengroq. 
Rivojlanishi davomida zamburug‗larning namlikka talabi o‗zgarib turadi. 
Aksariyat hollarda fitopatogen zamburug‗larning sporalari o‗sishi, o‗simlik 
to‗qimalariga kirishi va keyinchalik nojinsiy sporalash organlari shakllanishi uchun 
tomchi namlik va yuqori HNN mavjud bo‗lishi shart. Haqiqiy un-shudring 
qo‗zg‗atuvchi zamburug‗lar bundan istisno, chunki ular nisbatan quruq sharoitda 
ham yaxshi rivojlanadi. Namlik pasayishi zamburug‗larning konidiyalari o‗sishi 
vaqtini uzaytiradi. Misol uchun Aspergillus niger ning sporalari 100% havo 
namligida 12 soatda, 85% namlikda 17 soatda va 78% namlikda 100 soatda o‗sadi. 
Jinsiy ko‗payish organlari va ayniqsa tinim davriga kiruvchi tuzilmalar, 
masalsan sklerotsiylar, shakllanishi vaqtida yuqori namlikka bo‗lgan ehtiyoj 
kamayadi.
HNN past bo‗lganida zamburug‗ning vegetativ hujayralari sporalarga 
nisbatan ancha tezroq halok bo‗ladi. Zamburug‗ hujayrasi oldin erkin, so‗ngra 
bog‗langan suvni yo‗qotadi. Qancha suv yo‗qotganligi bilan bog‗liq holda, 


23 
organizm yoki anabioz holatiga kiradi, yoki halok bo‗ladi. Odatda hujayra 
bog‗langan suvining 7/8 qismini yo‗qotganda halok bo‗ladi, bu esa ko‗p 
mikroorganizmlarda havo nisbiy namligi 40-60% bo‗lganida kuzatiladi. 
Mitseliydan farqli o‗laroq, spora va konidiyalar uzoq vaqt davomida qurishga 
chidamli. O‗ta yuqori vakuumda yoki liofil usulida quritilgan holatda ular bir 
necha yil davomida o‗sish qobiliyatini saqlaydi. Havo va substrat quruqligiga 
sklerotsiy va xlamidosporalar ham chidamli. 
Harorat ham zamburug‗lar o‗sishi va rivojlanishiga hamda ular qish paytida 
saqlanishiga ta‘sir qiladigan muhim ko‗rsatkichdir. Minimal va maksimal harorat 
chegaralaridan tashqarida zamburug‗lar o‗sa olmaydi. Eng tez o‗sish kuzatiladigan 
harorat optimum deb ataladi. O‗sish harorati diapazoniga qarab zamburug‗lar uchta 
katta guruhga bo‗linadi: bular past haroratlarda (0-+20
o
S) yaxshi o‗sadigan 
psixrofillar, o‗rtacha haroratlarda (+20-35
o
C) rivojlanadigan mezofillar va yuqori 
haroratda (50
o
S va yuqoriroq) o‗sadigan termofillardir. Bu bo‗linishni shartli deb 
qabul qilish lozim, chunki tabiatda ko‗p bir-biriga o‗tuvchi shakllar mavjud. Ular 
uchun termotolerantlar (issiqlikka chidamlilar yoki fakultativ termofillar) va 
psixrotolerantlar (sovuqqa chidamlilar yoki fakultativ psixrofillar) atamalari 
ishlatiladi.
Zamburug‗larning aksariyati uchun optimal harorat 20-25
o
S. Ammo ulardan 
ayrimlari haroratning ancha keng diapazonida – plyus 2 va minus 40
o
S orasida 
ham o‗sa oladi. Pastroq haroratda, masalan 0
o
S atrofida, faqat bir necha psixrofil 
zamburug‗ turlari, jumladan qor tagida qishlayotgan kuzgi g‗alla maysalarida ildiz 
chirish yoki dimiqish va mog‗orlash qo‗zg‗atuvchi zamburug‗lar – Sclerotinia 
graminearum, Microdochium nivale, Fusarium avenaceum, ba‘zi Pythium turkumi 
turlari va boshqalar rivojlanadi. 0
o
S dan past haroratda zamburug‗lar faol o‗sa 
olmaydi, ammo ularning sporalari va ba‘zan mitseliylari qattiq sovuqda ham 
hayotchanligini saqlashi mumkin. Ekstremal past (–269
o
S) haroratlarga chidamlilik 
Stemphylium sarcinoforme, S. ilicis, Curvularia geniculata va Cladosporium 
cladosporioides turlarida mavjudligi aniqlangan. 


24 
Termofil va termotolerant zamburug‗lardan Absidia corimbifera, Aspergillus 
fumigatus, A. candida, Humicola lanuginosa va Mucor pusillus xashak to‗plari o‗z-
o‗zidan qizishi va yonishiga hamda saqlanayotgan don zararlanishi va 
yo‗qotilishiga sababchidir. Ba‘zi termofil zamburug‗lar inson va issiqqonli 
hayvonlarda kasallik qo‗zg‗atadi. Insonlarda har xil mikozlar qo‗zg‗atuvchi Mucor 
pusillus, o‗pkada aspergillyoz qo‗zg‗atuvchi Aspergillus fumigatus va ensefalit 
qo‗zg‗atuvchi Dactylaria gallopava turlari ularning misoli bo‗la oladi.
Zamburug‗larning har bir turi uchun muayyan harorat diapazoni 
(minimumdan maksimumgacha) xos bo‗lib, bu diapazon ushbu zamburug‗lar 
tabiatda hayotchanligini saqlashning chegaralarini aniqlaydi. Optimal harorat esa 
patogen zamburug‗larning har bir turi eng yaxshi rivojlanishini ta‘minlaydi. Agar 
optimal harorat bilan birga lozim bo‗lgan namlik ham kuzatilsa, zamburug‗larning 
eng tez o‗sishi va rivojlanishi kuzatiladi. Minimal yoki maksimal haroratlarda 
ularning hayot faoliyati susaya boshlaydi. Ba‘zi zamburug‗larning tinim davridagi 
sporalari, sklerotsiylari, meva tanachalari muayyan vaqt davomida (minimumdan 
past yoki maksimumdan yuqori) ekstremal haroratlarga bardosh bera oladi; bu davr 
davomida zamburug‗larning barcha hayotiy jarayonlari butunlay to‗xtaydi.
Harorat zamburug‗lar arealiga bevosita ta‘sir qiladi. Misol tariqasida 
Penicillium va Aspergillus turlarini ko‗rsatish mumkin. Umuman olganda, 
Penicillium turlarining kardinal nuqtalari Aspergillus turlarinikidan ancha past. 
Aspergillus turlarining ko‗pchiligi uchun optimal harorat 30-35
o
S, Penicillium 
turlariniki uchun esa 25-30
o
S. Buning natijasida shimoliy kengliklarda 
penitsillarning, janubiy kengliklarda esa aspergillarning ancha ko‗p turlari mavjud. 
Janubiy kengliklar tuproqlaridagi zamburug‗larning kam qismi penitsillarga 
mansub, turlari soni ham kam. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling