Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya
Mitseliy va uning o„zgargan shakllari
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayeva M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Zamburug„larning oziqlanishi
- Ozuqa manbaalari
Mitseliy va uning o„zgargan shakllari:
a – septalanmagan mitseliy; b – septalangan mitseliy; v – sporadan mitseliy o‗sishi; g – stolonlar va rizoidlar; d – anastomozlar; ye – rizomorf; j – sklerotsiyning kesmasi; z – xlamidosporalar (Popkova i dr., 2005). Mitselial pardalar – ozuqa muhiti ustida yoki ichida rivojlanadigan, zich, qalin, teriga o‗xshash mitseliy tuzilmasidir. Masalan, yog‗ochlarni yemiradigan bo‗qoq (po‗kak) zamburug‗larining pardalari zararlangan daraxtlarning teshiklarida hosil bo‗ladi. Ko‗rinishi terini eslatadigan pardalarning eni ba‘zan 10- 15 mm ga yetadi va juda mustahkam bo‗ladi. Pardadan meva tanachalari, mitseliy yoki arqonchalar o‗sishi va atrofga tarqalishi, ba‘zan parda ustida zamburug‗ning meva tanachalari rivojlanishi mumkin. 18 2.3. Zamburug„larning oziqlanishi Fitopatogen zamburug‗larning oziqlanishi, ularning parazitik ixtisoslashishi darajasiga bog‗liq holda, o‗simlikning tirik yoki o‗lik hujayralari hisobiga amalga oshadi. Saprotrof tarzda yashash qobiliyatini saqlagan fakultativ parazitlar muayyan vaqt davomida ham o‗simliklar, ham hayvonlarning o‗lik organik moddalari hisobiga yashashi mumkin. Hujayralari ichidagi va tashqarisidagi osmotik bosim har xil bo‗lishi yordamida zamburug‗lar ozuqa moddalarni suvli eritma shaklida butun yuzasi bilan so‗rib, oziqlanadi. Ular o‗simlik to‗qimalaridagi murakkab organik birikmalarni (oqsil, karbonsuv va h.) o‗zlarining (ekzo) ferment sistemalari yordamida oddiyroq moddalarga aylantiradi. So‗ngra boshqa (endo) fermentlar ushbu so‗rilgan moddalardan zamburug‗ tanasi uchun lozim bo‗lgan yuqori molekular birikmalar sintezini kataliz qiladi. Ozuqa manbaalari. Zamburug‗lar xemogeterotrof organizmlar bo‗lib, ular energiya manbai sifatida kimyoviy moddalardan va karbonnning asosiy manbai sifatida organik moddalardan foydalanadi. Zamburug‗ o‗sishi va rivojlanishi uchun birinchi navbatda lozim bo‗ladigan moddalar ro‗yxatini hujayraning kimyoviy tarkibidan ko‗rish mumkin. Hujayra umumiy massasining 80-90 foizi suvdir, shu sababdan muhitda suvning zamburug‗ ishlata oladigan shakli bo‗lishi shart. Hujayra quruq moddalari tarkibining asosiy qismini (95%) oltita element – C, N, P, S, H, O – tashkil etadi, bular organogenlar deb ataladi. Deyarli barcha organizmlar o‗sishi uchun kam (0,3-1,0%) miqdorlarda bo‗lsa ham, mikroelementlar – Fe, Mn, Mg, Cu, Cl, K, Ca, Zn va Na kerak bo‗ladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling