27
IV. XULOSA
Zamburug‗lar bir va ko‗p hujayrali, shakllangan yadroga ega bo‗lgan eukariot
organizmlarning o‗ziga xos guruhini tashkil etadi.
Fitopatogen zamburug‗larning
oziqlanishi, ularning parazitik ixtisoslashishi
darajasiga bog‗liq holda, o‗simlikning tirik yoki o‗lik hujayralari hisobiga amalga
oshadi. Saprotrof tarzda yashash qobiliyatini saqlagan
fakultativ parazitlar
muayyan vaqt davomida ham o‗simliklar, ham hayvonlarning o‗lik organik
moddalari hisobiga yashashi mumkin. Hujayralari
ichidagi va tashqarisidagi
osmotik bosim har xil bo‗lishi yordamida zamburug‗lar ozuqa moddalarni suvli
eritma shaklida butun yuzasi bilan so‗rib, oziqlanadi.
Zamburug‗larning hayot kechirishi, o‗sishi, rivojlanishi va parazitlik faoliyati
atrof-muhit sharoitlariga, birinchi navbatda namlik, harorat, muhit nordonligi (rN),
kislorod bilan ta‘milanishiga va boshqalarga bog‗liq.
Muayyan namlik va harorat
mavjud bo‗lishi – zamburug‗ rivojlanishi xarakterini belgilovchi asosiy shartdir.
O‗simlik kasallik bilan zararlanishi darajasi bularga bevosita bog‗liqligi tufayli,
fitopatogenning potensial imkonlarini baholashda namlik va harorat alohida
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: