Umumiy fizika kursidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv qo‘llanma


Download 0.71 Mb.
bet19/32
Sana09.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#258488
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot

Topish kerak:

Doyn - ?

Yechishlishi: Ma’lumki, normal ko‘z uchun eng yaxshi ko‘rish masofasi a0 = 25 sm = 0,25m. Bemor ko‘z 12,5 sm masofadan ko‘rsa, unga sochuvchi ya’ni uzoqlashtirib 25 sm ga keltiruvchi linza kerak. U holda normal ko‘z uchun

Dn = Dko‘z + Doyn (1)

bo‘lishi kerak. Bundan

Dn = Dko‘z - Doyn (2).


Linza formulasidan

Bemor ko‘z uchun

(3) va (4) ni (2) ga qo‘yamiz:

Demak:




Javob: Doyn = - 4 q p t r.

Mustaqil yechish uchun masalalar
11.1. Shisha va olmosning absolyut sindirish kursatkichlari mos ravishda n1 = 1,57 va n2 = 2,42. Shishaning olmosga nisbatan va olmosning shishaga nisbatan sindirish ko‘rsatkichlari n12 va n21 ni toping.

11.2. Ko‘rinuvchi yorug‘lik spektrining chegaraviy qizil va binafsha nurlari uchun suvning absolyut sindirish ko‘rsatkichlari mos ravishda n1 = 1,329 va n2 = 1,344 ekanligi tajribadan aniqlangan. YOrug‘likning vakuumda tarqalish tezligi c = 3 108 m/s bo‘lsa, qizil va binafsha nurlarning suvdagi tarqalish tezliklari va ni toping.

11.3. Natriyning sariq nurlarining havodagi to‘lqin uzunligi = 589 nm. Bu nur uchun suvning absolyut sindirish ko‘rsatkichi n = 1,33 bo‘lsa, uning suvdagi tarqalish tezligi ni va to‘lqin uzunligi ni toping. Yorug‘likning vakuumda tarqalish tezligi s = 3 108 m/s.

11.4. Olmosda (n = 2,42) to‘la ichki qaytish bo‘lishi uchun chegaraviy tushish burchagi qanday bo‘lishi lozimligini aniqlang.

11.5.Goroizontal yoruglik nuri vertikal joylashgan ko’zguga tushadi. Ko’zgu o‘z o‘qi atrofida  burchakka buriladi. Qaytgan nur qancha burchakka buriladi?

11.5. Yorug‘lik nuri yassi – parallel shisha plastinkaga 300 burchak bilan tushib, undan dastlabki nurga parallel holda chiqadi. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,5. Agar nurlar o‘rtasidagi masofa 1,94 sm bo‘lsa, plastinkaning d qalinligi qancha?

11.6. Yfssi parallel sirtli qalinligi 1 sm shisha plastinkaga (shishaning sindirish ko‘rsatgichi 1,73) 600 burchak bilan nur tushib, uning bir qismi qaytadi, ikkinchi qismi, esa sinib shisha orasiga o‘tadi; bu qism plastikaning ostki sirtidan qaytadi va ikkinchi marta sinib, yana havoga birinchi qaytgan nurga parallel holda chiqadi. Nurlar o‘rtasidagi l masofa topilsin.

11.7. Yorug‘lik nuri sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan jismga i burchak bilan tushadi. Qaytgan nur singan nurga perpendikulyar bo‘lishi uchun i va n o‘zoro qanday bog‘lanishi kerak?

11.8. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,52. 1) shisha-havo, 2) 2) suv-havo, 3) shisha-suv bo‘linish sirtlari uchun to‘liq ichki qaytishning limit burchaklari topilsin.

11.9. Suvga shung‘igan kishi botib borayotgan quyoshni qaysi yunalishda ko‘radi?

11.10. Yoruglik nuri skipidardan havoga chiqmoqda. Bu nur uchun to‘la ichki qaytishning limit burchagi 42o23`. Skipidardagi yorug‘lik tezligi qancha?

11.11. Suv to‘ldirilgan stakan ustiga qalin shisha plastinka quyilgan. Suv bilan shishaning bo‘linish sitidan to‘la ichki qaytish ro‘y berishi uchun yorug‘lik nuri plastinkaga qanday burchak bilan tushishi kerak? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,5.

11.12. Botiq sferik ko‘zguning egrilik radiusi 20 sm. Ko‘zgudan 30 sm uzoqlikda balanligi 1 sm bo‘lgan buyum qo‘yilgan. Tasvirning vaziyati va balandligi topilsin. Chizmasi berilsin.

11.13. Agar buyum egrilik radiusi 40sm bo‘lgan qavarik sferik ko‘zgudan 30sm uzoqlikda joylashtirilgan bo‘lsa, ko‘zgudan buyumning tasviri qanday masofada hosil bo‘ladi? Buyum 2sm kattalikda bo‘lsa, tasvirning kattaligi qanday bo‘ladi? Hisoblash millimetri qogozda grafik yul bilan tekshirilsin.

11.14. Qavariq sferik ko‘zguning egrilik radiusi 60sm. Ko‘zgudan 10 sm uzoqlikda balandligi 2sm keladigan buyum qo‘yilgan. Tasvirning vaziyati va balandligi topilsin. Chizmasi berilsin.

11.15. Ikki yoqlama qavarik linza yuzlarining egrilik radiusi R1 = R2 = 50 sm. Linza materialining sindirish ko‘rsatkichi n = 1,5. Linzaning optik kuchini toping.

11.16. Buyumning 4 marta kattalashgan haqiqiy tasvirini hosil qilayotgan botiq sferik ko‘zguning fokus masofasini toping. Buyum bilan uning tasviri orasidagi masofa 15 sm.

11.17. Optik kuchi 10 dioptriy bo‘lgan ikki yoqlama qavariq linzadan 15sm masofada, optik o‘qqa perpendikulyar qilib balandligi 2sm keladigan buyum qo‘yilgan. Tasvirning vaziyati va balandligi topilsin. Chizmasi chizilsin.

11.18. Egrilik radiusi 30sm va sindirish ko‘rsatgichi 1,5 bo‘lgan yassi qavariq linza buyum tasvirini ikki barobar kattalashtiriladi. Buyum va tasvirdan linzagacha bo‘lgan masofa topilsin. Chizmasi chizilsin.

11.19. Linzaning havodagi fokus masofasi 20sm bo‘lsa, linza suvga botirilgandagi fokus masofasini toping. Linza yasalgan shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,6.

11.20. Fokus masofasi 2sm ga teng lupaning; 1) Eng aniq ko‘rish uzoqligi 25 sm bo‘lgan normal ko‘z uchun va 2) eng aniq ko‘rish uzoqligi 15 sm bo‘lgan yaqinni ko‘rar ko‘z uchun kattalashtirishi topilsin.

11.21.Bemorning vrach – okulist kabinetida ko‘rish qobiliyatini tekshirishda, u ko‘zidan 16 sm masofada harflarni yaxshi ko‘radi. Bemorning ko‘rishidagi kamchilikni aniqlang. Unga qanday optik kuchi bo‘lgan ko‘zoynak kerak?

11.22.100 kd li nuqtaviy yorug‘lik manbaidan 5 m narida turgan 20 sm2 sirt orqali qancha yorug‘lik oqimi o‘tishini hisoblang. Bunda nurlar sirtga perpendikulyar tushadi deb hisoblang.

11.23.Kvadrat shaklidagi sport maydonchasi markazining ustida 5 m balandlikda lampa osilib turibdi. Maydoncha markazidan qancha masofada er sirtining yoritilganligi markazdagidan 2 marta kam bo‘ladi? Lampaning yorug‘lik kuchi hamma yo‘nalishlarda bir xil, deb hisoblang.

11.24. 200 shamli elektr lampochkasining yorug‘ligi ish joyiga 450 burchak bilan tushib 141 lk yoritadi. 1) lampochka ish joyidan qancha masofada turganligi va 2) lampochka ish joyidan qancha balandlikda osilib turganligi topilsin.

11.25. Shipga osib qo‘yilgan lampochka garizontal yo‘nalishda 60 sham yorug‘lik kuchi beradi. Agar lampochkadan 2 metr masofada devorda katta ko‘zgu turgan bo‘lsa, qarama qarshi tomondagi va lampochkadan 2m masofada devorga vertikal osib qo‘yilgan yuzi 0,5m2 bo‘lgan suratga qanday yorug‘lik oqimi tushadi.

11.26. Kattaligi 2030 sm oq qogoz sirtiga normal holda 120 li yorug‘lik oqimi tushadi. Agar sochilish koeffisienti  = 0,75 bo‘lsa, qogoz varag‘ining yoritilganligi, ravshanligi va yorqinligi topilsin.

11.27. Qog‘oz varag‘ining ravshanligi 104 nt ga teng bo‘lishi uchun oldingi masaladagi qog‘oz varag‘ining yoritilganligi qanday bo‘lishi kerak?

11.28.Nur sochuvchi jism sifatida xizmat qiluvchi diametri 3 mm cho‘g‘langan sharchali lampa 85 kd yorug‘lik kuchi beradi. Agar lampaning sferik kolbasi: 1) tiniq shishadan, 2) xira shishadan yasalgan bo‘lsa, shu lampaning ravshanligi topilsin. Kolbaning diametri 6 sm.

11.29. Yorug‘lik normal tushayotganida oldingi masaladagi lampa 5 m masofada qanday yoritilganlik beradi?

11.30.To‘la yorug‘lik okimi F = 1 lm bo‘lgan nuqtaviy manbaning yorug‘lik kuchi aniqlansin.

11.31. Qorakuya qurumi qatlami bilan qoplangan sirtning yoritilganligi E= 150 lk, ravshanligi B hamma yo‘nalishlarda bir xil va 1 kd/m2 ga teng. Qurumning qaytarish koeffisiyenti aniqlansin.

11.32. Agar kinoapparat (kinolentasiz) ob’ektividan ekranga tushayotgan yorug‘lik oqimi Ф = 1,75 klm bo‘lsa, yorug‘likni xamma yo‘nalishlarda bir tekisda sochadigan kinoekrandagi yoritilganlik E , yorkinlik R va ravshanlik B aniqlansin. Ekranning kattaligi 5 x 3,6 m , qaytarish koeffisienti .


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling