Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Sinash uchun savollar:
1. Urilish va uning turlari haqida ma′lumot bering. 2. Elastik va noelastik toʻqnashuvda energiya taqsimoti haqida ma′lumot bering. 3. Impuls va mexanik energiyaning saqlanish qonunlari tushuntirib bering. 4. Shoxsimon yorugʻlik oʻlchagichlar vazifasi, ishlash prinspi haqida ma′lumot bering. 24 3-laboratoriya ishi ERKIN TUSHISH TEZLANISHINI VIDEO COM YORDAMIDA ANIQLASH. (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 33, 47, 56, 57.) Natijalar VideoCom bilan qayd qilinadi va tahlil qilinadi Tajriba maqsadi: Erkin tushish trayetoriyasini VideoCom bilan qayd qilish. g-erkin tushish tezlanishini aniqlash. Qisqacha nazariya: Jismlarning erkin tushishi boshlangʻich tezliksiz toʻgʻri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatga misol bola oladi. Vakuumda jismlarning faqat ogʻirlik kuchi ta′sirida Yerga tushishi erkin tushish deyiladi. Jismlarning erkin tushishini birinchi boʻlib tajribada italiyalik olim Galileo Galiley o ′rgandi va erkin tushish qonunlarini aniqladi. Yerning aniq shar shaklida emasligi, ya′ni qutblarda biroz yassilanganligi hamda Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi sababli, Yerning turli nuqtalarida erkin tushish tezlanishi turli qiymatlarga ega boʻladi. Agar Yer sirtida ekvatordan qutbga tomon borilsa, erkin tushish tezlanishining qiymati ortib boradi. U ekvatorda 9,780 𝑚/𝑠 2 , qutbda esa 9,832 𝑚/𝑠 2 ga teng. g = 9,80665 𝑚/𝑠 2 boʻlgan erkin tushish tezlanishining qiymati normal qiymat deb hisoblanadi. Bu qiymat Yerning 45° geografik kengligidagi erkin tushish tezlanishining qiymatiga mos keladi. Amalda Yerning barcha nuqtalarida erkin tushish tezlanishini bir xil deb hisoblab, uning g = 9,8 𝑚/𝑠 2 = 980 𝑠𝑚/𝑠 2 qiymatidan foydalaniladi. Agar jism h balandlikdan pastga gravitatsiya maydonida erkin tushsa jismga g oʻzgarmas tezlanish ta′sir qiladi va tushish balandligi kichik boʻlganda ishqalanishni hisobga olmaslik mumkin. Erkin tushish toʻgʻri chiziqli tezlanuvchan harakatga misol boʻla oladi. Time t = 0 vaqtdagi boshlangʻich tezlik 𝑣 0 = 0 boʻlsa oniy tezlik quyidagicha 𝑣(𝑡) = 𝑔 𝑡 (1.16) va t vaqtdan keyin jism bosib oʻtgan yoʻl 25 𝑠 = 1 2 𝑔 𝑡 2 (1.17) Tajribada erkin tushayotgan jism tezkor bir-kadrli VideoCom CCD kamera bilan tasvirga olinadi. Kamera LED chiroqlar bilan erkin tushuvchi jismga oʻrnatilgan akslantiruvchi folgani yoritadi va qaytgan chaqnash nuri kamera obyektivi orqali 2048 pikselli CCD liniyasiga tushadi (CCD: charge-coupled device-fotosezgir yarim oʻtkazgichli matritsa). Berilgan holatida erkin tushayotgan jismning joriy holati tasviri kompyuterga ketma-ket interfeys orqali sekundiga 80 marta uzatiladi. Kompyuter dasturi bilan ta′minlangan VideoCom erkin tushayotgan jismning barcha harakatlarini yoʻl-vaqt grafigi sifatida koʻrsatadi va oʻlchangan qiymatlarni tahlil qiladi. Xususan tezlik 𝑣(𝑡) = 𝑠(𝑡 + 𝛥𝑡) – 𝑠(𝑡 − 𝛥𝑡) 2 ⋅ 𝛥𝑡 (1.18) va tezlanish 𝑎(𝑡) = 𝑣(𝑡 + 𝛥𝑡) − 𝑣(𝑡 − 𝛥𝑡) 2 ⋅ 𝛥𝑡 (1.19) sichqoncha bilan faollashtirilishi mumkin va biror Δt vaqt intervali tanlanishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling