Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba maqsadi
Sinash uchun savollar: 1. Geologik razvetkada g ning ahamiyati. 2. Erkin tushish tezlanishining yoʻnalishini oʻzgarish sabablari. 3. Yer vaznini oʻlchash uchun g ning ahamiyati. 4. Video Com (337 47) ishlash prinsipini tushuntiring. 29 4-laboratoriya ishi BURCHAK OSTIDA YUQORIGA OTILGAN JISMNING HARAKATINI OʻRGANISH. (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 29, 34, 55, 57.) Tajriba maqsadi: Qiya harakat va erkin tushishni solishtirish. Parabolaik shaklli traektoriyaning tezlikka va otilish burchagiga bogʻliqligini qayd qilish. Uchish uzoqligini otish burchagining funksiyasi sifatida aniqlash. Koʻtarilish balandligini otish burchagining funksiyasi sifatida aniqlash. Qisqacha nazariya: Biror jism gorizont bilan α burchak tashkil qiluvchi va son qiymati 𝑣 0 ga teng boʻlgan boshlangʻich tezlik bilan otilgan, deb faraz qilaylik. Shu jism harakat trayektoriyasining koʻrinishini, uning harakat vaqtini, koʻtarilish balandligini va uchish uzoqligini aniqlaylik. Jismning harakatini Yerga nisbatan qarab, Yerni sanoq boshi sistemasi qilib olamiz va unga toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasini joylashtiramiz. Havoning qarshiligini e′tiborga olinmasa, jism tezligining tashkil etuvchilari uchun quyidagi ifodalarni yoza olamiz: 𝑉 𝑥 = 𝑣 0 𝑐𝑜𝑠 𝛼 𝑉 𝑦 = 𝑣 0 𝑠𝑖𝑛 𝛼 − 𝑔𝑡 Oxirgi formuladan jism tezligining vertikal tashkil etuvchisi avval yuqoriga tik yoʻnalgan boʻladi va vaqt oʻtishi bilan kamayib boradi, soʻng esa o ′z yoʻnalishini pastga tomon tik oʻzgartiradi. Jismning koordinatalari vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi. Shuning uchun ularni vaqtning funksiyalari sifatida quyidagi koʻrinishda yoziladi: 𝑋 = 𝑣 0 𝑐𝑜𝑠𝛼 𝑡 𝑌 = 𝑣 0 𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑡 − 𝑔𝑡 2 2 Jismning harakati gorizontal yoʻnalishda 𝑣 𝑥 tezlikli tekis harakat bilan 𝑣 𝑦 boshlangʻich tezlikda yuqoriga vertikal yoʻnalgan tekis sekinlanuvchan harakat yigʻindisidan iborat boʻlgan murakkab harakatdir. 30 Tajribada m massali poʻlat sharcha gorizontga α burchak ostida v 0 boshlangich burchak ostida otilgan. Poʻlat sharchaning gravitatasiya maydonidagi harakatining tekislikdagi proyeksiyasi (7-rasm) quyidagi tenglama bilan tavsiflanadi: 𝑚 𝑑 2 𝒓 𝑑𝑡 2 = 𝑚 ( 0 −𝑔 ) (1.20) 𝒓 = ( 𝑥 𝑦 ) : radius vektor m: poʻlat sharcha massasi 𝑭 = 𝑚 ( 0 −𝑔 ) : poʻlat sharchaga ta′sir qiluvchi kuch Quyidagi boshlangich shartlar asosidagi 𝒓 (0) = ( 0 0 ) va 𝒗(0) = ( 𝑣 0 𝑐𝑜𝑠𝛼 𝑣 0 𝑠𝑖𝑛𝛼 ) (1.20) tenglama yechimi poʻlat shar koordinatalarining t vaqt funksiyasi kabi ifodalanadi: 𝑥(𝑡) = 𝑣 0 𝑐𝑜𝑠𝛼 𝑡 𝑦(𝑡) = 𝑣 0 𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑡 − 1 2 𝑔𝑡 2 (1.21) Bularni s uchish masofasi va h maksimal koʻtarilish balandligining h ogʻish burchagi 𝛼 va 𝑣 0 boshlangʻich tezlikka bogʻliq tenglamalar kabi ifodalash mimkin: 𝑠 = 𝑉 0 2 𝑔 𝑠𝑖𝑛2𝛼 (1.22) ℎ = 𝑉 0 2 2𝑔 𝑠𝑖𝑛2 𝛼 (1.23) Bu tajribada uchish uzoqligi s va h maksimal koʻtarilish balandligi 𝛼 ogʻish burchagining funksiyasi sifatida 𝑣 0 boshlangʻich tezlikning uchta turli qiymati uchun aniqlangan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling