Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Tajriba maqsadi: Energiya saqlanishi qonuniga kirish. Potensial energiyaning
kinetik va aylanma harakat energiyasiga aylanishida energiya miqdorini oʻlchash. Maksvel diski inertsiya momentini aniqlash Qisqacha nazariya: Energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni koʻp asrlik tajribalarning yakunidir. Qonunning gʻoyasi birinchi marta 1748-yilda rus olimi M.V. Lomonosovning materiya va harakatning saqlanish qonunida ifodalangan edi. Deyarli yuz yildan soʻng turli jarayonlar (mexanik va issiqlik, kimyoviy va elektr, mexanik va elektr, kimyoviy va issiqlik, issiqlik va elektr jarayonlari) ning bogʻliqligini oʻrganishga doir ishlarning umumlashtiruvchi tadqiqotlar tufayli energiyaning saqlanishi, bir turdan ikkinchi turga aylanishining umumiy qonuni yaratildi. Bu qonun quyidagicha ta′riflanadi. Yopiq sistemadagi barcha hodisalarda energiya hech vaqt bordan yoʻq boʻlmaydi va yoʻqdan bor boʻlmaydi. U faqat bir turdan ikkinchi turga yoki bir jismdan ikkinchi jismga oʻtib, miqdor jihatdan î′zgarishsiz qoladi. Bu qonunni mexanik hodisalarga tatbiq qilib quyidagicha ifodalash mumkin: mexanik hodisalarda energiya hech vaqt bordan yoʻq boʻlmaydi va yoʻqdan bor boʻlmaydi, balki teng miqdorda potensial energiya koʻrinishidan kinetik energiya koʻrinishiga va, aksincha, aylanib turadi. Umumiy holda, jism bir vaqtda ham kinetik energiyaga, ham potensial energiyaga ega boʻlishi mumkin. Bu energiyalarning yigʻindisi toʻla mexanik energiyani tashkil qiladi. Energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni tabiatning hech istisnosiz eng umumiy qonunidir; yangidan ochiladigan jarayon va hodisalar uni tasdiqlaydi, xolos. Biroq, bu qonun eng umumiy boʻlgani uchun ham uning 60 umumiy nazariy isboti yoʻq va faqat xususiy hollar (aniq jarayonlar) uchun nazariy isbot qilinishi mumkin. Mexanik energiyaning saqlanish qonunini namoyish qilish uchun Maksvel diskidan foydalaniladi. Agar disk qoʻlda yuqoriga koʻtarilsa va pastga tusha boshlasa 𝐸 𝑝𝑜𝑡 potensial energiya kinetik energiyaga aylanadi 𝐸 𝑟𝑜𝑡 + 𝐸 𝑡𝑟𝑎𝑛𝑠 (aylanish va oʻzgargan energiya). Sistemaning toʻla energiyasi E esa oʻzgarmasdir: 𝐸 = 𝐸 𝑝𝑜𝑡 + 𝐸 𝑟𝑜𝑡 + 𝐸 𝑡𝑟𝑎𝑛𝑠 (1.49) yoki 𝐸 = 𝑚𝑔ℎ + 𝑚 2 𝜗 2 + 𝐼 2 𝜔 2 (1.50) bu erda m-massa va I-disk inertsiya momenti, h-koʻtarilsh balandligi, v-chiziqli tezligi va ω-burchak tezligi. g-erkin tushish tezlanishi. Tinch holatda (v = 0 va ω = 0) deb hisoblab, harakat pastga yoʻnalganda (1.50) tenglamani quyidagicha yozish mumkin 𝑚𝑔ℎ = 𝑚 2 𝜗 2 + 𝐼 2 𝜔 2 (1.51) r shpindel radiusini bilgan holda v chastotani quyidagicha aniqlash mumkin: 𝜗 = 𝜔𝑟 (1.52) (1.52) va (1.51) bilan disk inertsiya momentini aniqlash mumkin: 𝐼 = 𝑚𝑟 2 ( 2𝑔ℎ 𝜗 2 − 1 ) (1.53) bunda m = 450 g, r = 3 mm va g = 9.81 𝑚/𝑠 2 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling