Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribaning oʻtkazish tartibi
Kerakli asbob va jihozlar: 1. Maksvel disklari (331 22) – 1ta 2. U-simon tutgichga oʻrnatilgan yorugʻlik datchigi (337 46) – 1ta 3. Koʻp oʻzakli kabel, l = 1.5 m (501 16) – 1ta 4. Sanagich-S (575 471) – 1ta 5. Magnit tutgichli qaytuvchi mexanizmli adapter (336 25) – 1ta 61 6. Koʻrsatkichli oʻlchagich (311 23) – 1ta 7. Egarsimon asos (300 11) – 1ta 8. Support block (301 25) – 1ta 9. Taglik asos MF (301 21) – 2 ta 10. Sterjen ustun, 50 cm (301 27) – 2ta 11. Sterjen ustun, 100 cm (300 44) – 2ta 12. Leybold multiqisqichi (301 01) – 4ta Tajriba qurilmasi Tajriba qurilmasini 20-rasmga asosan yigʻing. Dastlab yoʻrugʻlik toʻsilishi sezuvchi datchikli ramka oʻrnatiladigan poʻlat ustunlarni yigʻing. Keyin Maksvel diskli sterjenni shunday oʻrnatingki, disk oʻqi ikki uchi bir sathda boʻlsin. Tajribani boshlashdan oldin diskni pastga va yuqoriga bir necha marta harakatlantirsangiz yaxshi natijaga erishasiz. Ulash kalitini boshaqarish blokiga ulang. Shkalali oʻlchagichni U-simon tutgichga oʻrnating. Shkala koʻrsatkichi yuqoridan disk oʻqining eng yuqori holatiga toʻgʻrilangan boʻlsin. Bunday holati tajriba davomida oʻzgarmasligi kerak. Eng quyi koʻrsatkichi esa yorugʻlik nurini toʻsish nuqtasi oʻrni bilan barobar boʻlsin. Tajribaning oʻtkazish tartibi: Tajribada disk boshlangʻich holatdan yorugʻlik datchigigacha boʻlgan masofani oʻtguncha ketgan vaqt t oʻlchanadi va s masofa oʻtgandagi disk tezligi aniqlanadi. Masofa 15 sm dan 55 sm gacha boʻlib 5 sm oralatib oʻzgartirib boriladi. a) Boshlangʻich holatdan yoʻrugʻlik datchigigacha boʻlgan s masofada t harakat vaqtini oʻlchash - Klavishli kalitni sanagichning E portiga ulang. Yorugʻlik datchigini F portga ualang. - 𝑡 𝐸→𝐹 rejimini tanlang - Diskni yuqori nuqtasiga kalit tugmasini bosguncha koʻtaring (21-rasm). - START tugmasini bosing - Diskni qoʻyib yuboring (sanagich hisoblashni boshlaydi) 62 - Disk yorugʻlik datchigidan oʻtishi bilan oʻlchash toʻxtaydi - t tushish vaqtini yozib oling. 20-rasm: Maksvel disklari yordamida energiya saqlanishi qonunini tekshirish uchun moʻljallangan tajriba qurilmasi. 21-rasm: Diskning boshlangʻich holati 63 b) Yorugʻlik datchigi yaqinidagi v tezlikni aniqlash - Yorugʻlik datchigini elektron sanagichning E portiga ulang - t E rejimini tanlang - Diskni yuqqori nuqtasiga kalit tugmasini bosguncha koʻtaring (21-rasm). - Start tugmasini bosing. - Diskni qoʻyib yuboring (sanagich hali hisoblashni boshlamaydi) Disk yorugʻlik datchigidan oʻtishi davomida oʻlchash amalga oshiriladi - ∆𝑡 vaqtini yozib oling. - 𝜗 tezlik qiymatini quyidagi ifodadan aniqlang 𝜗 = 𝑑 𝛥𝑡 (1.54) shpindel diametri d = 6 mm. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling