Tajribaning oʻtkazish tartibi:
a)Taranglik kuchini oʻzgartirish.
Parametrlarni oʻrnatish:
•
Buraluvchi ilgak yordamida taranglik kuchini 90-100 N qiymatda oʻrnating.
•
Jadvalga dinomometr koʻrsatgan F taranglik kuchi qiymatini yozib oling
•
Shoxsimon yorugʻlik toʻsuvchini tor ositga joylashtiring. Tor tinch turganida tor
kichik tirqish ustiga toʻgʻri kelishini va bunda qizil yorugʻlik diodi yonmagan
boʻlishi lozim. Kerak boʻlganda shoxsimon yorugʻlik toʻsuvchini qayta oʻrnating.
•
Torni ohista chertib tebrantiring (tor tebranishi mobaynida yoʻrugʻlik diodi
yonishi kerak), va shu zahoti (2-3 sekund ichida) ekrandagi oʻlchangan qiymatlarni
jadvalga oʻtkazing (tajribani 7, 8 marta oʻtkazib natijalarni kuzating) (F9 tugmasini
bosib).
b) Tor uzunligini oʻzgartirish.
Parametrlarni oʻrnatish:
•
Taglikni surib tor uzunligini keragicha oʻrnating.
•
Tor uzunligini aniqlab jadvalga yozib qoʻying.
•
Qizili yorugʻlik diodi oʻchganligini tekshiring, kerak boʻlganda yorugʻlik
toʻsuvchi shoxni qayta oʻrnating.
•
Torni ohista chertib parallel tebrantiring (tor tebranishi mobaynida yorugʻlik
diodi yonishi kerak), va shu zahoti (2-3 sekund ichida) ekrandagi oʻlchangan
qiymatlarni jadvalga oʻtkazing (tajribani 7, 8 marta oʻtkazib natijalarni kuzating)
(F9 tugmasini bosib).
Sinash uchun savollar:
1. Torning tebranish chastotasining tor uzunligiga va tarangligiga bogʻliqligi.
2. Elastik toʻlqinlar.
3. Koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar.
4. Toʻlqinning tarqalish tezligi. Toʻlqin uzunligi.
59
10-laboratoriya ishi
ENERGIYA SAQLANISH QONUNINI MAKSVEL DISKI YORDAMIDA
OʻRGANISH.
( Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 4, 10, 30, 33, 34, 57.)
Do'stlaringiz bilan baham: |