Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba maqsadi
Sinash uchun savollar: 1. Maksvel diski ishlash prinsipi haqida ma′lumot bering. 2. Energiya saqlanish qonunini tushuntiring. 3. Potensial energiyaning kinetik va aylanma harakat energiyasiga aylanishini tushuntiring. 4. Inertsiya momentini haqida ma′lumot bering. 64 11-laboratoriya ishi HAVODAGI TOVUSH TEZLIGINING HARORATGA BOGʻLIQLIGINI OʻRGANISH (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 5, 6, 32, 34, 36, 57.) Tajriba maqsadi: Muhitdagi tovush tezligining haroratga bogʻliqligini oʻrganish. Qisqacha nazariya: Tovush toʻlqinlari ham barcha toʻlqinlar kabi muhitda tarqaladi va boʻshlikda tarqala olmaydi. Shuning uchun ham vakuumdan tovush uzatilmaydi. Gazlarda va suyuqliklarda tovush toʻlqinlari faqatgina boʻylanma boʻlishi mumkin. Chunki bu muhitlar faqatgina siqilish (choʻzilish) deformatsiyasiga nisbatangina elastiklik qobiliyatiga ega. Qattiq jismlar esa ham siqilish (choʻzilish) ham siljish deformatsiyalariga nisbatan elastik boʻlganliklari uchun ularda tovush toʻlqinlari ham boʻylanma ham koʻndalang boʻlishi mumkin. Bahorda avval chaqmoq chaqnashini keyin esa momaqaldiroq tovushini eshitamiz. Bu hodisa tovushning tezligi yorugʻlikning tezligidan juda kichik ekanini koʻrsatadi. Tovushning T=273K da havodagi tezligi V =331 𝑚/𝑠 ga teng. Toʻlqinlarning tarqalish tezligi muhitga va haroratga bogʻliq. Bu xususiyat tovushning tarqalish tezligiga ham xosdir. Toʻlqinlar manbai va qabul qiluvchining bir-biriga nisbatan harakatlanishi natijasida qabul qilinayotgan toʻlqinlar chastotasining oʻzgarishiga Dopler effekti deyiladi. Mazkur tajriba tovush impulsining havodagi tarqalish tezligini gruppaviy va fazaviy tezliklari teng boʻlgan holda aniqlaydi. Tovush impulsi “titrovchi” membranali karnayga arrasimon kuchlanish berib hosil qilinadi. Bunda zarb natijasida havoda zarb toʻlqini hosil boʻladi. Tovush impulsi mikrofon yordamida karnaydan malum masofada qabul qilinadi. c-tovush tezligini aniqlash uchun biz, tovush impulsining karnayda hosil bolishi va mikrofonda qabul qilinishi orasidagi t vaqtini oʻlchaymiz. Karnayda 65 shakllanadigan impulsning aniq boshlanish nuqtasini toʻgʻridan-toʻgʻri aniqlab boʻlmaydi. Shuning uchun mikrofonni bir marta s 1 ikkinchi marta s 2 nuqtaga qoʻyib oʻlchash olib boriladi. Tovush tezligi 𝛥𝑠 = 𝑠 1 − 𝑠 2 yoʻllar farqi va oʻtish vaqtlari farqi 𝛥𝑡 = 𝑡 1 − 𝑡 2 nisbati kabi quyidagicha aniqlanadi 𝑐 = 𝛥𝑠/𝛥𝑡. Tovush qurilmasiga isitgichdan isitilgan havo yuboriladi shu bilan birga shu vaqtda bu qurilma oʻlchashga ta′sir qiluvchi tashqi faktorlar harorat farqi va havo konveksiyasi kabilarni blokirovka qiladi. Bu tizimda p bosim oʻzgarmas saqlanadi (atrof muhitning amaldagi bosimi). T harorat ortishi bilan ρ havo zichligi kamayadi va tovish tezligi ortadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling