Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
TEMPERATURAGA BOGʻLIQLIGINI OʻRGANISH
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha nazariya
- Chiziqli kengayish.
TEMPERATURAGA BOGʻLIQLIGINI OʻRGANISH
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 7, 9, 12, 37, 39, 43, 57.) Tajriba maqsadi: Latun, poʻlat va shishani chiziqli kengayish koeffitsiyentlarining temperaturaga bogʻliqligini oʻlchash Qisqacha nazariya: Qattiq jismlar ma′lum shaklga va hajmga ega boʻlishlari bilan xarakterlanadi. Qattiq jismlar bir-biridan ichki tuzilishi jihatidan batam om farq qiluvchi kristall va amorf jism lar koʻrinishida uchraydi. Lekin hozirgi zamon fizikasida qattiq jism deganda kristall jismlar nazarda tutiladi, amorf jismlar oʻta qovushoq suyuqlik sifatida qaraladi. Kristall jismlarda atom yoki molekulalar bir- biriga nisbatan ma′lum bir tartibli vaziyat egallab joylashadi. Buning oqibatida kristallning tashqi koʻrinishi ma′lum geometrik shaklga ega boʻladi. Agar kristall tarkib topgan zarralarni bir-biriga toʻgʻri chiziq bilan tutashtirsak, fazoviy yoki kristall panjara deb ataladigan panjara hosil boʻladi. Kristallning ayrim zarralari panjarani hosil qilgan chiziqlarning kesishgan nuqtalarida — panjara tugunlarida joylashgan boladi. Bu zarralar musbat va manfiy ionlar, neytral atom va molekulalar bolishi mumkin. Qizdirilgan jism oʻlchamlarining kattalashuvi, sovutilganining esa, kichiklashuvi kundalik hayotdan ma′lum. Haroratning koʻtarilishi natijasida jism chiziqli oʻlchamlarining va hajmining ortishiga issiqlikdan kengayishi deyiladi. Harorat ortishi bilan atomlarning toʻla energiyasi ortadi, demak issiqlik tebranma harakat amplitudasi ortadi. Natijada qattiq jism zarralarining muvozanat holatlari orasidagi oʻrtacha masofa kattalashadi, ya′ni issiqlikdan kengayish roʻy beradi. Chiziqli kengayish. Bizga 𝑇 0 haroratli va 𝑙 0 uzunlikli qattiq jism berilgan boʻlsin. Uni bir oʻlchamli, ya′ni koʻndalang kesim yuzasi uzunligiga nisbatan e′tiborga olmaydigan darajada kichik deb olamiz. Jismni T haroratgacha, ya′ni ∆𝑇 = 𝑇 − 𝑇 0 69 haroratga isitaylik. Natijada uning uzunligi l gacha, yani ∆𝑙 = 𝑙 − 𝑙 0 ga ortadi. Qizigan jismning uzunligi harorat oʻzgarishiga chiziqli bogʻliq. 𝑙 = 𝑙 0 (1 + 𝛼∆𝑇) (2.1) bu yerda 𝛼-ga chiziqli kengayishning harorat koeffitsienti deyiladi. Agar 𝛼 ni aniqlasak 𝛼 = ∆𝑙 ∆𝑇 𝑙 0 (2.2) birligi [𝛼] = [∆𝑙] [∆𝑇] 𝑙 0 = 1 𝐾 𝑚 𝑚 = 1 𝐾 −1 𝛼 jismni nisbiy chiziqli kengayishi 𝛥𝑙/𝑙 0 ning harorat oʻzgarishi ∆𝑇 ga nisbati bilan aniqlanadi. Boshqacha aytganda jismning harorati 1 K ga oʻzgarganda, uning uzunligi dastlabki uzunligining qancha qismiga oʻzgarganini koʻrsatadi. Har qanday asbob-uskuna, mashinalarni yasashda ular tayyorlanadigan materiallarning issiqlikdan kengayishi hisobga olinadi. Misol uchun elektr qurilmalarida turli xil metallar, yoki metall va shishalarning kavsharlanishiga zarurat boʻlsa unda chiziqli kengayish harorat koeffitsientlari bir-biriga yaqin boʻlganlarinigina tanlash zarur. Aks holda qizish yoki sovush natijasida mexanik kuchlanish vujudga kelib asbobni ishdan chiqarishi mumkin. Koʻplab mashina va mexanizmlarning issiqlikdan kengayishi maqsadga muvofiq boʻlmagan qismlari invordan yasaladi. Koʻrsatishi haroratga bogʻliq boʻlmasligi uchun invordan soat mayatniklari, geodeziya uzunlik oʻlchov asboblari yasaladi. Quvur yoʻllarini qurishda ma′lum masofada bukri qismlar qilinadi. Bu qismlar quvurlarni isishda yoki sovushda uzunligi oʻzgarishi natijasida buzilishdan saqlaydi. Elektr uzatish simlarining osiltirib qoʻyilishida ham oʻtkazgich materialining issiqlikdan kengayishi hisobga olinadi. Elektr yordamida yuruvchi transport vositalarining oʻtkazgichlari yuklar yordamida tortib qoʻyiladi va hokazolar. 70 23-rasm. Quvurlarning chiziqli kengayishini temperatura funksiyasi sifatida oʻlchash boʻyicha tajriba qurilmasini kengaytiruvchi apparat bilan birgalikdagi sxematik koʻrinishi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling