Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Gravitatsion torsion balansirni ishga tushirishdagi yigʻish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Gravitatsion torsion balansirni ishga tushirishdagi yigʻish:
- Tajriba uchun ishchi stolini 2-rasmda koʻrsatilgani kabi yigʻing (332 101 va 322 11 yoʻriqnomalarni ham qarab chiqing). - Gravitatsion torsion balansir mahkamlangan optik relsni oʻrnating. - Gravitatsion torsion balansirni shunday holatga keltiringki (katta sharlar qoʻyilmagan holatda) katta sharlar oʻqi uchun yetarlicha joy boʻlsin. - Torsion mayatnikning tutib turish mexanizmini boʻshating va shunday sozlangki, mayatnik osmalari uchlaridagi ignalari teshik oʻrtasida boʻlib, mayatnik erkin aylana olsin. - Torsion mayatnikning bir yoki bir necha kun osilgan holda turishiga qoʻyib bering. Kerak boʻlganda nolini qayta sozlang. Gravitatsion torsion balansir va IQ harakat detektori orasidagi masofani dastlabki (birinchi marta) tanlash. - IQ harakat detektorini optik relsga oʻrnatilgan taglik sterjeniga orqa paneli bilan qistiring(mahkamlang). - IQ harakat detektorni optik relsga shunday oʻrnatingki, gravitatsion balansir oynasi va IQ detektor orasidagi masofa 70 sm boʻlsin. 14 - 12 V oʻzgaruvchan tok ta′minlash manbayini IQ harakat detektoriga ulang va IQ yorugʻlik diodlarini gravitatsion torsion balansir bilan bir sathga qoʻying. - Ikkita qizil yorugʻlik diodlari shunday yorqin yonadiki ularning akslangan tasviri qurilma tekisligida koʻrinsin yoki uning yoniqa qoʻyilgan oq qogʻozda akslansin. • Agar tasvir oynaning chap yoki oʻng tomonida paydo boʻlsa gravitatsion torsion mayatnikni tebranishini shunday kamaytiringki, LED diodlar nuri akslanishi old panelda koʻrinsin. • Agar tasvir oynadan pastda yoki yuqorida boʻlsa IQ detektorni pastga yoki yuqoriga harakatlantirib nurni markazga olib keling. - Amin boʻlingki, fototranzistorlar qatori oynadan qaytgan nurlar bilan toʻla qoplangan boʻlib barcha tranzistorlar oʻlchashda qatnashsin. - Balandlik sathini yashil va qizil yorugʻlik diodlari nuri bilan toʻgʻrilab oling. Fototranzistorlar yorugʻlik nurlari kuchiga qarab ochiladi yoki yopiladi (kalit sifatida ishlaydi). • Qizil LED miltillasa yoritilganlik/sozlanganlik yetarlicha • Yashil LED miltillasa yoritilganlik/sozlanganlik yaxshi 2-rasm. Tajriba qurilmasi: Tebranishni IQ harakat detektori elektron tarzda qayd qiluvchi gravitatsion torsion balansir qurilmasining stoldagi yigʻmasi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling