Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-laboratoriya ishi ERKIN TUSHISH TEZLANISHINI AG’DARMA MAYATNIK YORDAMIDA ANIQLASH
- Tajriba maqsadi
10 1–BOB. MEXANIKA 1-laboratoriya ishi ERKIN TUSHISH TEZLANISHINI AG’DARMA MAYATNIK YORDAMIDA ANIQLASH (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 4, 6, 29, 32, 55, 57.) Gravitatsiya doimiysini Kavendishning torsion tarozilari bilan aniqlash IQ harakat detektori bilan qayd qilinadi va oʻlchashlar natijashi kompyuterda tahlil qilinadi. Tajriba maqsadi: Aylanma mayatnikning muvozanat vaziyati atrofida tebranishlari soʻnishining vatqa bogʻliqligini qayd qilish. Gravitatsiya doimiysi G ni eng chekka ogʻishni aniqlash usulida toppish va tezlanish usulida aniqlash. Qisqacha nazariya: Torsion balansir – Kevendish tarozisi asosini uchlariga osilish nuqtasidan d masofada 𝑚 2 massali sharchalar oʻrnatilgan, ingichka elastik torga osilgan yengil koʻndalang tayoqcha tashqil qiladi. Bu ikki sharchalar m 1 massali ikkita katta sharlar bilan ta′sirlashadilar. Ta′sirlashuv kuchi 10 -9 N tartibida boʻlishiga qaramasdan bu kuchni oʻta sezgir gravitatsion torsion balansir bilan kuzatish mumkin. Kichik sharlar harakati infraqizil harakat detektori bilan payqaladi va oʻlchanadi (1-rasmga qarang). 1-rasm. Kavendishning gravitatsion torsion balansir (chapda) va tajriba qurilmasining tuzilish chizmasi (oʻngda). 11 a) Maksimal ogʻish usuli m 1 va m 2 massali ikki sferik sharcha orasidagi gravitatsion tortishish kuchini berilgan masofada aniqlashga asoslangan(1-rasm). 𝐹 = 𝐺 𝒎 𝟏 𝒎 𝟐 𝒃 𝟐 (1.1) Shunday qilib m 1 massali ikkita katta sharlar 1 vaziyatda boʻlganlarida (1-rasm) torsion mayatnikka ta′sir qiluvchi kuch miqdori momenti M 1 quyidagiga teng 𝑀 1 = 2𝐹𝑑 = 2 𝐺 𝑚 1 𝑚 2 𝑏 2 𝑑 (1.2) Tortishish hosil qilgan kuch momenti sterjenning aylanish momenti bilan kompensatsiya qilinadi va shunday qilib s 1 vaziyatda muvozanat hosil boʻladi. II vaziytdagi katta qoʻrgʻoshin sharchalarni siljitib kuch simmetrik inverterlanadi (kompensatsiyalanadi). Endi jismlarga ta′sir qiluvchi kuch momentlari uchun M II = –M I tenglik oʻrinli. Mayatnik tebranishlari s II muvozanat vaziyati atrofida soʻnadi. Bu ikki kuch momentlari farqi mos ravishda α I va α II burchaklar farqiga bogʻliqdir. 𝐷 (𝛼 𝐼 − 𝛼 𝐼𝐼 ) = 𝑀 𝐼 − 𝑀 𝐼𝐼 = 2𝑀 𝐼 (1.3) D burchak yoʻnaltirilganligi qiymati torsion mayatnikning T tebranish davri va J inersiya momenti bilan aniqlanadi: 𝐷 = 4𝜋 𝑻 𝟐 2 𝐽 (1.4) Bu yerdagi J inertsiya momenti ikki kichik sharlar inertsiya momentlari yigʻindisiga teng: 𝐽 = 2𝑚 2 𝑑 2 (1.5) Unda (1.4) tenglama quyidagi koʻrinishga keladi: 𝐷 = 8𝜋 𝑻 𝟐 2 𝑚 2 𝑑 2 (1.6) (1.1), (1.3) va (1.4) tenglamalardan quyidagiga ega boʻlamiz: 𝐺 = 2𝜋 𝑻 𝟐 2 𝑑𝑏 𝒎 𝟏 2 ( 𝛼 𝐼 − 𝛼 𝐼𝐼 ) (1.7) Geometrik munosabatdan (vaziyatlari boʻyicha) 𝑡𝑔2𝛼 = 𝑆 1 𝐿 kichik burchaklar uchun quyidagi kelib chiqadi: 𝛼 = 𝑆 1 2𝐿 (1.8) 12 Bu (1.8) va (1.7) teglamadan quyidagiga ega boʻlamiz: 𝐺 = 2𝜋 𝑻 𝟐 2 𝑑𝑏 𝒎 𝟏 2 (𝑆 1 −𝑆 2 ) 𝐿 (1.9) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling