17
a) Maksimal ogʻish usuli
Sistema toʻla muvozanat holatiga kelgunicha kuting (dastlabki
tayyorgarlik
koʻrsatmasiga qarang).
- Siz oʻlchangan asosiy chiziqni F4 klavishi bilan oʻchirishingiz mumkin.
- Axborot yigʻishni F9 klavishi bosib boshlang.
- Qoʻrgʻoshin sharli kronshteynni I holatdan II holatga tez (ammo
ehtiyotkorlik
bilan) oʻtkazing.
- Qoʻrgʻoshinli sharlarni II holatdan I holatga olib keling
va I holat atrofidagi
tebranishlarni oʻlchashni takrorlang.
- Axborot yigʻishni F9 klavishi bilan toʻxtating.
Eslatma: Oʻlchagan natijalaringizni F2 klavishini bosib saqlashingiz mumkin.
b) Tezlanish usuli
- Sistema toʻla muvozanat holatiga kelgunicha kuting (dastlabki tayyorgarlik
koʻrsatmasiga qarang).
- Siz oʻlchangan asosiy chiziqni F4 klavishi bilan oʻchirishingiz mumkin.
- Qoʻrgʻoshin sharli kronshteynni I holatdan II holatga tez (ammo ehtiyotkorlik
bilan) oʻtkazing va harakatning birinchi fazasini yozib oling.
- Axborot yigʻishni F9 klavishi bilan toʻxtating.
Eslatma: Bu tajribada gravitatsion torsion balansirlar tebranishini qayd qilishga
moʻljallangan IQ harakat detektori maksimal ogʻish usulida oʻlchashlar olib
borilganda avtomatik ishga tushadi. Oʻlchash intervalini kiritish zarur boʻladi
masalan 15 sekund.
Sinash uchun savollar:
1.Erkin tushish deb nimaga aytiladi?
2
.Erkin tushish tezlanishi qutubda va ekvatorda farq qilishi sababi nima?
3.Maksimal ogʻish usulini tushuntiring.
4.Yer osti laboratoriyasida jism qanday ogʻirlikka ega boʻladi?