Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Yassi koʻzgular va nozik sozlash mexanizmi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Yassi koʻzgular va nozik sozlash mexanizmi:
Eslatmalar: Qurilmani bir oz qorongʻulashtirilgan xonada sozlash oson. Asosiy 
nurlardan tashqari, koʻp marotaba qaytishlar ham past intensivlikli parazit parsial 
dastalar deb atluvchi nurlarni keltirib chiqaradi. Ular linza tutgichiga tushib
keyingi korrektirovkani bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Nur boʻlgichdan qaytgan nur bevosita lazer nurlanishi aperturasiga tushsa, lazer 
nurining sifati yomonlashadi.
- Yassi koʻzguni (c) nozik sozlash mexanizmining (f) yon tomoniga qotiring, 
shundan soʻng nozik sozlash mexanizmini optik asosga oʻrnating. 


211 
 
84-rasm. Lazer optik tayanch plitadagi Maykelson interferometri qurilmasi, bitta 
yassi koʻzgu uchun nozik sozlash mexanizmi bilan, yuqoridan koʻrinishi. a-lazer 
optik tayanch plita. b-nur boʻlgichning tayanch plitasi. c,d-yassi koʻzgu nozik 
sozlash bilan. e-sferik linza. F-nozik sozlash mexanizmi. g-nozik sozlash mexanizmi 
uchun reduktor. h-yarim shaffof ekran 
- 84-rasmda keltirilganidek optik asosni nozik sozlash mexanizmi bilan shunday 
moslashtiringki, komponent turgʻun tursin. Yassi koʻzguni (s) va nozik sozlash 
mexanizmini (f) lazer optik asos plitaga (a) lazer yassi koʻzguning markaziga 
tushadigan qilib joylashtiring. Koʻzguning tekisligi siljitish yoʻnalishi boʻyicha tik 
ekanligiga, koʻzgu siljitilganda lazer nuri bir nuqtada qolishiga amin boʻling.
- Lazer optik tayanch plitada optik bazasini burish va orqa paneldagi sozlash 
vintlari bilan manipulyasiya qilish orqali yassi koʻzguni shunday moslangki, nur 
boʻlgichdan oʻtgan nur amalda oʻziga qaytsin va lazer nurlanishining aperturasidan 
bir oz yuqori nuqtaga tushsin.
- Optik bazali reduktor uchun taglikni bevosita nozik sozlash mexanizmining 
orqasiga joylashtiring.


212 
- Nozik sozlash mexanizmining reduktorini (g) reduktor uchun taglikka magnit 
polosadan foydalanib mahkamlang. Qoʻsh kardan muftani ehtiyotkorlik bilan 
nozik sozlash mexanizmi (f) mikrometrining birgalikdagi vinti kallagiga qising. 
- Reduktor optik asosni siljiting (g) va reduktor uchun taglikning balandligini 
biriktiruvchi sterjen toʻliq chiqadigan ham toʻliq chiqmaydigan ham qilib sozlang, 
aks holda oʻlchashlar keyinchalik nozik sozlash mexanizmi siljishi bilan 
soxtalashishi mumkin.
- Kardan muftaning alohida segmentlari burchagini iloji boricha kichik qilib (45° 
dan katta emas) saqlang. Yassi koʻzguning (c) toʻgʻriligini tekshiring va zarur 
boʻlsa qayta sozlang.
- Asosga yarim shaffof ekranni(h) magʻkamlang va uni 84-rasmda keltirilganidek, 
lazer optik tayanch plitaning oqasiga lazer nuri markaziga tushadigan qilib 
joylashtiring.
- Nur boʻlgichdan (b) qaytgan nur qismi uchun yassi koʻzguning (d) oʻrni 84-
rasmda keltirilgan; uning oʻrnini yassi koʻzgu sifatidagi nur boʻlgichdan (c) qancha 
ekaligini biling.
- Lazer optikasining tayanch plitasida optika bazasini burib va vintlarni sozlab, 
yassi koʻzguni shunday moslangki, nurning bu qismi amalda oʻziga qaytsin va nur 
boʻlgichdan oʻtgandan soʻng birinchi nur qismi bilan qoʻshilsin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling