214
9-laboratoriya ishi
LAZER OPTIKASI QURILMASIDA OʻTKAZUVCHI GOLOGRAMMANI
OLISH
(
Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 19, 21, 22, 32, 53, 54, 56.)
Tajriba maqsadi: Oʻtkazuvchi gologrammani olish.
Amplitudaviy gologramma
bilan fazaviy gologramma orasidagi farqni va ularga fotoximik ishlov berishdagi
farqlarni bilish. Oʻtkazuvchi gologrammani oʻzgartirish
Qisqacha nazariya: Fotografiyada obyektning
olingan tasviri plyonkada
muhrlanadi. Golografiyada esa obyekt sirtidan qaytgan yorugʻlik toʻlqinlari
plyonkada saqlanadi. Plyonkada na faqat yorugʻlik toʻlqinining amplitudasi, balki
uning fazasi ham yoziladi. Natijada gologrammada obyektning fazodagi har bir
nuqtasining oʻrni yoziladi.
Gologrammani olish uchun lazer nuri qoʻllaniladi.
Bunda u predmet va tayanch
nurlarga ajraladi. Predmet nur obyektni yoritadi. Obyektdan qaytgan nur plyonkada
juda kichik va galma-gal keluvchi interferension tasvirni hosil qiladi. U yerda ular
turli burchaklarda tushayotgan tayanch nur bilan kogerent boʻlgan koʻzgudan
qaytgan nur bilan mos keladi. Interferensiya natijasida obyekt bilan oʻxshashlik
boʻlmagan va uning mavhum tasavvuri hisoblangan, qoramtir dogʻlar, spirallar va
xalqalarning noregulyar obrazlaridan tashkil topgan gologramma hosil boʻladi.
Gologramma tiklanganda, mikroskopik naqshlardan difraksiyalanib qaytgan nurga
mos keluvchi yorugʻlik nuri aslida obyektdan dastlab qaytgan nur bilan aynan
oʻxshash. Shunday qilib kuzatuvchi obyektning uch oʻlchamli tasvirini koʻrishi
mumkin.
85-rasm. Gologramma fotografiyasi
215
Plyonka fotoximiyoviy proyavka (naqshlarni koʻrinadigan qilish) qilinishi qanday
amalga oshirilishiga qarab, gologrammalar ikki xilga ajratiladi:
Amplitudaviy gologramma shakllanish jarayonida
yuzaga kelgan shaffof va
kumush donachalari bilan qoplangan shaffof boʻlmagan sektorlardan tashkil
topgan.
Fazaviy gologrammada hosil boʻlgan qatlam
uni oqartirish jarayonida
noshaffofligini yoʻqotadi. Oqartirish jarayonining oʻziga xos xususiyatiga qarab,
shakl toʻgʻrisidagi ma′lumot gologrammaning sindirish koʻrsatgichining
oʻzgarishida, qalinligida va sirtidagi toʻlqin oʻrkachida saqlanadi.
Gologramma
tiklanganda yorugʻlik nurlari turli optik va geometrik yoʻllar bilan shunday
tarqalishi kerakki, turli toʻlqinlar optik yoʻllarining farqi bir xil boʻlishi kerak.
Bunday holatda gologramma faza boʻyicha modulyasiyalangan deyiladi.
Fazaviy gologrammalarda yorugʻlik nuri yutilmaganligi sababli ular amplitudaviy
gologrammaga qaraganda ancha ravshanroq. Fazaviy gologrammalarning shu jihati
amaliyotda qoʻllanilishining boisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: