227
11-laboratoriya ishi
CHORAK VA YARIM TOʻLQINLI PLASTINKA
(
Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 19, 20, 22, 23, 32, 38, 53, 56.)
Tajriba maqsadi: Yorugʻlik doiraviy intensivligini analizator oʻrnining funksiyasi
sifatida oʻlchash. Chorak toʻlqinli plastinkani yorugʻlikning
qutublanishini olish
uchun qoʻllash.
Qisqacha nazariya: Toʻlqin plastinka yoki sekinlashtirgich optik qurilma boʻlib, u
undan oʻtayotgan yorugʻlik nurining qutblanish turini oʻzgartiradi. Tipik toʻlqin
plastinka oddiy ikki yoqlama sindiruvchi kristall yoki
qalinligi puxta tanlangan
ikki marta sindiruvchi polimer plyonkadir.
Agar parallel yorugʻlik nuri toʻlqin plastinkaga perpendikulyar tushsa, ikki marta
sindirish xossasi tufayli yorugʻlik nuri ikkita komponentga ajraladi.
Bu ikki
komponentaning tebranish tekisliklari bir-biriga
perpendikulyar va ularning
fazaviy tezliklari bir-biridan bir oz farq qiladi. Chorak toʻlqin
plastinka uchun
folganing qalinligi shunday tanlanganki, yorugʻlik elektr maydoni komponentining
vektori yorugʻlik tarqalishi yoʻnalishi atrofida yorugʻlik
chastotasiga teng tarzda
aylanadi va boshqa perpendikulyar tebranayotgan yorugʻlik komponentidan λ/4
fazaga orqada qoladi. Yarim toʻlqin plastinka uchun qalinlik shunday tanlanganki,
yuzaga
keladigan
𝜆/2 qiymatga ega boʻladi.
Bu tajribada monoxromatik yorugʻlik chorak toʻlqin yarim toʻlqin
plastinkaga
tushadi. Chiqayotgan yorugʻlikning qutblanishi toʻlqin plastinkalar optik oʻqi bilan
tushayotgan yorugʻlik yoʻnalishi orasidagi turli burchaklarda tadqiq qilinadi.
Toʻlqin plastinkaga kirayotgan chiziqli qutblangan yorugʻlik toʻlqin plastinkaning
optik oʻqida ikkita toʻlqinga ajralishi mumkin, parallel (yashil rangda tasvirlangan)
va perpendikulyar (koʻk). Plastinada parallel toʻlqin perpendikulyar toʻlqinga
nisbatan ancha sekinroq tarqaladi. Plastinaning qarama-qarshi
tarafida parallel
toʻlqin perpendikulyar toʻlqinga nisbatan aniq yarim toʻlqin
uzunligiga tutib
qolinadi.