Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Suv bilan sovutishdan foydalanilganda


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet129/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Suv bilan sovutishdan foydalanilganda:
- Silikon quvurni immersion nasosga va ekranga shunday biriktiringki, ekranga 
suvning oqib kelishi pastki patrubkadan, chiqishi esa ekranning asosiy 
patrubkasidan boʻlsin.
- Idishni suv bilan toʻldiring va immersion nasosni suvli idishning gardishiga 
montaj qisqichdan foydalanib shunday mahkamlangki, kirish teshigi toʻliq suvga 
botsin va maksimal botish chuqurligi 17 sm dan ortiq boʻlmasin (94-rasmga 
qarang; boshqa imkoni bor montaj uchun foydalanish boʻyicha instruksiyalarga 
murojat qiling) 
 
94-rasm. Suvli idishga immersion nasosni oʻrnatish namunasi 
 
Shundan soʻng: 
- Elektrik pechni, absolyut qora jism komplekti ekranini va termoelektrik 
batareyani 93-rasmda keltirilganidek 
shunday oʻrnatingki, termoelektrik 
batareyaning sterjeni elektr pechning ochiq tarafi oldidan taxminan 15 sm da 
joylashsin. Absolyut qora jism komplekti ekrani metall tarafi bilan termoelektrik 
batareyaga qaralgan holda elektr pechning oldida taxminan 5-10 mm da 
joylashtiring. 


241 
Izoh: Shisha tuynuk qisqa toʻlqin uzunlikli nurlanishga koʻra uzun toʻlqin 
uzunlikli nurlanishni koʻproq yutadi va shuning uchun nurlanish intensivligining 
temperaturaga bogʻliqlikligi oʻlchashlarini sistematik tarzdasoxtalashtiradi.
- Termoelektrik batareyaning shisha tuynugini olib tashlang.
- Temperatura datchigini NiCr-Ni raqamli termometr bilan ulang va uni 
jilvirlangan mis silindrning markazidagi teshikga iloji boricha chuqurroq 
joylashtiring.
- Joyida temperatura datchigini universal qichqich bilan S montaj qiling va raqamli 
termometrni ulang (oʻlchash diapazoni > 200 °C).
- Elektrik pechning ochiq tarafini, absolyut qora jism komplekti ekranini va 
termoelektrik batareyani shunday toʻgʻirlangki, issiqlik nuri bevosita ochiq 
termoelektrik batareyaga tushsin.
- Suv bilan sovutishdan foydalanilganda, immersion nasosni qoʻllang.
- Termoelektrik batareyani mikrovoltmetr bilan 93-rasmda keltirilganidek ulang 
(oʻlchash diapazoni 10-4 V); termoelektrik batareyadagi qizil klemma 
mikrovolmetrdagi qizil klemma bilan ulanganiga ishonch hosil qiling.
- Siljishni “avto kompensasiya” tugmasini bosish orqali kompensasiyalang; zarur 
boʻlsa, raqamli displeyni nollashtirish uchun potensiometr yordamida aniq 
sozlashni bajaring (mikrovoltmetr uchun instruksiya betiga qarang). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling