Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Tajriba maqsadi: Spektrometr prizmasini sozlash. He-lampa bilan spektrometr
prizmasini kalibrlash. “Noʻmalum” chiziqli spektrni oʻlchash. Noʻmalum yorugʻlik manbaini aniqlash. Qisqacha nazariya: Yorugʻlik bilan uygʻotilgan inert gazlar va metall bugʻlari spektral chiziqlar, ya′ni mos element uchun xarakterli boʻlgan konkret toʻlqin uzunliklar toʻplamini chiqaradi. Bu toʻlqin uzunliklarni aniq oʻlchash orqali, biz yorugʻlik manbaining xarakteri haqida asosli xulosalar qilishimiz mumkin. Bu spektral chiziqlarni ajratish uchun biz prizmadan foydalanishimiz mumkin. Bu ishda sindirish koʻrsatgichi n prizma materialiga bogʻliqligidan foydalaniladi (mazkur holda rangsiz shisha). Yorugʻlik nurlari prizmada sinib, toʻlqin uzunliklariga bogʻliq ravishda prizmada turli darajada ogʻadi. Spektrning koʻrinish diapazonidagi qisqa toʻlqinli yorugʻlik uzun toʻlqinligi yorugʻlikga qaraganda koʻproq ogʻadi. Prizmali spektrometrda kengligi va balandligini oʻzgatirish mumkin boʻlgan vertikal tirqishdan S chiqqan yorugʻlik sochilgan holda tarqaladi va 𝑂 1 obyektivning linzasiga tushadi: tirqishdan ungacha boʻlgan masofa uning fokus masofasiga ekvivalent (95-rasmga qarang). Tirqish va linza birgalikda kollimatorni tashkil qiladi. Obyektivdan keyin, yorugʻlik parallel dasta sifatida R prizmaga tushadi, ya′ni prizmaga barcha nurlar bitta burchak ostida tushadi. Prizma yorugʻlikni sindiradi va har bir toʻlqin uzunlikli nur turli burchakka ogʻadi. Va nihoyat, ikkinchi 𝑂 2 obyektivning linzasida ma′lum toʻlqin uzunlikli barcha parallel nurlar fokuslanib, obyektivning fokal tekiligida S tirqishning obrazini hosil qiladi. Shunday qilib, toza spektr fokal tekislikda shakllanadi va biz uni Oʻ okulyar yordamida kuzatishimiz mumkin. 𝑂 2 obyektiv linza va Oʻ okulyar birgalikda fokuslanishi cheksiz boʻlgan astronomik teleskopni tashkil qiladi. 244 Prizma shunday oʻrnatiladiki, spektrning oʻrtacha toʻlqin uzunliklari (500 - 600 nm ga yaqin) uchun nurning yoʻli simmetrik va ogʻish minimal boʻlsin. Bu oʻz navbatida spektral ajrata olishni oshiradi. Teleskop ogʻish burchagini oʻlchash mumkin boʻladigan qilib aylanma richagga oʻrnatilgan. Teleskop burilganda, okulyar fokal tekisligida joylashgan okulyar kesishma viziri alohida spektral chiziqlarda boʻladi. Burchakni va shu bilan chiziqlarning nisbatan oʻrnini oʻlchash uchun, teleskop graduirovka aylanasi bilan birgalikda (disk shkalasi yarim gradus boʻlinmalari bilan) goniometr bilan ta′minlangan. Nonius chiziqlar oʻrnini burchak minuti darajasi aniqligida oʻlchashga imkon beradi. Sindirish koʻrsatgichi n bilan toʻlqin uzunligi λ orasidagi bogʻlanish chiziqli emas. Agar noʻmalum yorugʻlik manbaining toʻlqin uzunligini prizmadan oʻtishdagi ogʻish bilan aniqlansa, spektrometrni oldin kalibrlash kerak. Bunga spektral chiziqlari spektrning toʻliq koʻrinuvchan sohasida taqsimlangan va ma′lum boʻlgan lampa yordamida erishiladi. Olingan kalibrlash egriligidan foydalanib, noʻmalum yorugʻlik manbaining mos toʻlqin uzunliklariga tegishli spektral chiziqlarni aniqlash mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling