239
Biriktirish boʻyicha koʻrsatmalar
Qoʻshimcha tavsiya qilinadi:
12. Immersion suyuqlikli nasos (306 98) – 1ta
13. Silikon quvurlar, ichki diametri 7
1.5 mm, 1 m (667 194) – 2ta
14. Suv uchun idish, hajmi taxminan 10 l – 1ta
Tajriba qurilmasi:
Izohlar: Oʻlchanayotgan intensivlik juda past va shuning uchun u atrofdagi
jismlardan nurlanish interferensiyalariga nihoyatda sezgir:
Oʻlchash vaqtida termoelektrik batareyalarga aslo qoʻl tegizmang.
Termoelektrik batareyalarga yaqin joyda, ayniqsa ular oldida ishlamang.
Tajriba davomida xona temperaturasining oʻzgarishidan xoli boʻling.
Boshqa nurlanish manbalarning aralashishiga yoʻl qoʻymang; zarur boʻlsa,
yigʻmani karton bilan ekranlashtiring.
Zarur boʻlsa, xonani qorongʻulashtiring.
93-rasm. Stefan-Bolsmanning issiqlikdan nurlanish qonunini tasdiqlash uchun
tajriba qurilmasi. Oʻrinlar haqidagi malumotlar kichik optik kursidagi Leybold
multiqisqilarining chap tarafidan boshlangan.
Tajribani boshlashdan oldin, mikrovoltmetr 10 minut davomida qizishiga imkon
bering.
240
Qurilmaning orqa qismida joylashgan asosiy ulab uzgich yordamida
mikrovoltmetrni elektr tarmogʻiga ulang.
93-rasmda tajriba qurilmasi tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: