Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qurilmasi: 90
- Optik yustirovka
Kerakli asbob va jihozlar:
1. Chorak toʻlqin plastinka (472 601) – 2ta 2. Yarim toʻlqin plastinka (472 59) – 1ta 3. Polyarizasion filtr (472 401) – 2ta 4. Sariq yorugʻlik filtr (468 30) – 1ta 5. Kremniyli fotoelement STE 2/19 (578 62) – 1ta 6. Almashinadigan elementlar uchun tutqich (460 21) – 1ta 7. Multimetr METRAH Pro (531 282) – 1ta 8. Yarim shaffof ekran (441 53) – 1ta 9. Standart kesimli optik kursi 1 m (460 32) – 1ta 10. Optik nasadka 60/34 (460 370) – 7ta 11. Galogen lampa 12 V, 50/90 Vt (450 64) – 1ta 12. Galogen lampa 12 V 90 Vt (450 63) – 1ta 13. Tasvir uchun polzunok (450 66) – 1ta 14. Aylantirgich 2 12 V, 120 Vt (521 25) – 1ta 15. Juft sim 100 sm, qizil/koʻk (501 46) – 2ta Tajriba qurilmasi: 90-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan. Izoh: Optik qurilma uchun kichik optik kursidan (460 43) yoki S1 (460 310) tipli optik kursidan foydalanish mumkin. 229 Nur yoʻli boʻyicha izohlar: - Galogen lampadan (a) chiqayotgan yorugʻlik, kondensorda(b) konsentrasiyalanadi va optik komponentlarni qizishdan saqlash uchun xizmat qiladigan issiklikka chidamli filtrdan oʻtadi. - Bundan tashqari fotoelementda namoyon boʻladigan katta fon nurlanishi signalini yuzaga keltiradigan infraqizil nurlanishni susaytiruvchi suv bilan toʻldirilgan (90- rasmda punktir chiziqlar bilan koʻrsatilgan) issiqlikdan saqlovchi filtr qoʻllanilishi mumkin. Optik yustirovka: - Lampa korpusiga kondensor va tasvir uchun polzunokni mahkamlang va akslantiruvchi koʻzguli galogen lampani (a) oʻrnating. - Tasvir uchun polzunokdagi issiqlik filtri oldiga sariq yorugʻlik filtrini qoʻying. - Optik kursiga polyarizator, 𝜆/4- plastinkani va analizatorni 90-rasmda keltirilganidek oʻrnating. Polyarizator va galogen lampa orasidagi masofa taxminan 20 dan 30 sm gachani tashkil qiladi. - Kremniyli fotoelementni analizator orqasiga oʻrnating va yorugʻlik nuri yoʻlini shunday sozlangki, fotoelement yaxshi yoritilsin. - Galogen lampani tutib turgichni aylantirish orqali yorugʻlik sozlanishi mumkin. Kremniyli fotoelement markazida joylashtirilgan kichik oq varaqda (g) lampa spiralining yorqin tasvirini hosil qiling. Izoh: 90-rasmda tasvirlangan yarim shaffof ekran, tajribani sifatli bajarish uchun qoʻllaniladi. - Fototokni oʻlchash uchun kremniyli fotolementni multimetr bilan qizil-koʻk kabel juftligi orqali ulang. Izoh: fototok yorugʻlik intensivligiga proporsional. Yorugʻlik intensivligi elektr maydoni vektori kvadratiga proporsional 𝐼~𝐸 2 . 230 90-rasm. Chiqayotgan yorugʻlikning qutblanish turini oʻrganish uchun tajriba qurilmasi (soddalashtirilgan). (a)-galogen lampa. (b)-tasvir uchun polzunok filtr bilan. (c)-issiqlikdan himoyalovchi filtr. (d)-polyarizator. (e)- 𝜆/4 yoki 𝜆/2 toʻlqin plastinka. (f)-analizator. (g)-kremniyli fotoelement. (h)-yarim shaffof ekran. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling