Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Obyekt nurlari uchun sferik linzalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniq sozlash
Obyekt nurlari uchun sferik linzalar:
– Sferik linzalarni (e) oʻtuvchi nur yoʻliga iloji boricha nur ajratgichga yaqin (linzani ushlab turgichdagi kichik teshik old tarafi bilan nur ajratgich tomonga qaragan boʻlishi kerak) oʻrnating. Optik asosdagi oʻyiqlardan foydalaning. – Sferik linzalarni nur tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyar tarzda ehtiyotkorlik bilan siljitib hamda ularni oʻz oʻqi atrofida burib va linzalarni ushlab turgichlarning balandligini oʻzgartirib, ularni shunday sozlangki, lazer nuri iloji boricha asosiy optik oʻqqa yaqinroq oʻtsin. Bundan tashqari, obyekt iloji boricha plyonkani ushlab turgich tomondan koʻproq yorugʻlikni olishi kerak. Nur ajratgichga tegilmaganiga ishonch hosil qiling. Eslatma: gologrammada obyektning faqat yoritilgan nuqtalari koʻrinadi. Aniq sozlash: – Lazerni chiqish quvvati 1 mVt li holatga oʻzgartiring va nur kengaygan qisman nurlarning yoʻlini va sifatini tekshiring. Zarurriyat boʻlsa, linzalarni korrektirovka qiling. – Qorongʻulashtirilgan xonada obyekt va tayanch nurlarni uzib, oq qogʻoz varagʻiga tushayotgan nur plyonkani ushlab turgichga oʻtayotganda, ularning yorqinligini taqqoslang. 219 Tayanch nur obyektdan plyonka tomon burilgan nur intensivligiga nisbatan besh yoki oʻn marta kuchliroq boʻlganda intensivliklarning nisbati eng yaxshi hisoblanadi. Bu oddiy koʻz bilan baholanishi mumkin. – Agar zarur boʻlsa, nur ajratgichda ajratish nisbatini oʻzgartiring. Buning uchun sferik linzalarni optik asos bilan nur yoʻnalishi tarafdan siljiting va butun sistemani qayta sozlang. Agar, oʻtkir tushish burchagi sababli oʻtuvchi lazer nuri maqbul ajralish nisbatida nur ajratgichning qaramaqarshi tomoni oʻrniga xira shisha tomonida namoyon boʻlsa: – Nur ajratgichni uni ushlab turgichga 1800 ga burib oʻrnating (uni chapdan oʻngga buring; bunda koʻzguli tomoni lazerga qaragan boʻlishi kerak!). Har doimdagidek, shisha sirtlarga ochiq barmoqlaringiz bilan tegmang. Buning uchun paxtali qoʻlqop yoki tuksiz materiallardan foydalaning. Agar asosiy qaytuvchi nur toʻgʻri plyonkaga tushmasa, yuqori qaytaruvchi obyektlar holida, gologrammalar sifatli boʻladi. – Siz obyektni sekin burishingiz mumkin. – Plyonkani ushlab turgichdan qogʻozni olib tashlang. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling