Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Nurni boshqaradigan ajratgich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Nurni boshqaradigan ajratgich: 
- Nur ajratgich lazer nurini gorizontal ajratayotganini tekshiring. Buning uchun 
ushlab turgich bilan birgalikda nur ajratgich bilan optik asosni lazer optik tayanch 
plitaning qarama-qarshi chetiga oʻrnating va yorugʻlik nurini lazer emissiyasi 
aperturasi yonidagi keyingi nuqtaga akslantiring.
– Zarruriyat boʻlganda nur ajratgichning ogʻish burchagini toʻgʻirlang, u 
sterjendagi ikki vintdan foydalanib nur yoʻnalishini oʻzgartirishga mos keladi.
– 86-rasmda tasvirlanganidek optik asos bilan nur ajratgichni nur yoʻliga shunday 
oʻrnatingki, uning qisman shaffof qatlami old tomoni bilan lazerga qarasin va 
shunda ham qoplama bilan yopish imkoni boʻlsin. 
Linza va plyonkani ushlab turgichlar: 
- Namunani ushlab turgichni (f) qaytgan nur yoʻliga oʻrnating.
- Agar mumkin boʻlsa, namunani tutib turuvchi mexanik qoʻldan foydalanib, 
ushlab turgichga obyektga tushayotgan nur markazga tushadigan qilib 
mahkamlang.
- Plyonkani ushlab turgichni (g) oʻtuvchi nur yoʻliga shunday oʻrnatingki, uning 
old tomoni obyektga qarasin va shunda ham qurilmani qoplama bilan yopishga 
imkon boʻlsin. 
- Plyonkani ushlab turgich oʻlchami bilan teng qilib qirqib olingan oq qogʻoz 
parchasini plyonkani ushlab turgich bilan bir chiziqda shunday qoʻyingki, nur 


218 
qogʻozning bevosita markaziga (va keyinchalik qogʻoz olinganda plyonkaning 
markaziga) tushsin. 
Tayanch nurlar uchun sferik linzalar: 
– Sferik linzalarni (d) oʻtuvchi nur yoʻliga iloji boricha nur ajratgichga yaqin 
(linzani ushlab turgichdagi kichik teshik old tarafi bilan nur ajratgich tomonga 
qaragan boʻlishi kerak) oʻrnating. Optik asosdagi oʻyiqlardan foydalaning. 
– Sferik linzalarni nur tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyar tarzda ehtiyotkorlik 
bilan siljitib hamda ularni oʻz oʻqi atrofida burib va linzalarni ushlab 
turgichlarning balandligini oʻzgartirib, ularni shunday sozlangki, lazer nuri iloji 
boricha asosiy optik oʻqqa yaqinroq oʻtsin. Bundan tashqari, obyekt iloji boricha 
plyonkani ushlab turgich tomondan koʻproq yorugʻlikni olishi kerak. Nur 
ajratgichga tegilmaganiga ishonch hosil qiling.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling