Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet109/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

8-laboratoriya ishi 
MAYKELSON INTERFEROMETRIDAN FOYDALANIB GELIY-NEONLI 
LAZER YORUGʻLIGINING TOʻLQIN UZUNLIGINI ANIQLASH 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 10, 19, 20, 22, 24, 38, 54, 60.) 
 
Tajriba maqsadi: Maykelson interferometrini yigʻish. Interferension manzarani 
kuzatish. 
Qisqacha nazariya: Interferometriya nihoyatda aniq va sezgir oʻlchash metodi 
hisoblanadi, masalan uzunlikning oʻzgarishini, zichlik darajasini, sindirish 
koʻrsatgichlarini va toʻlqin uzunligini. Maykelson interferometri ikki nurli 
interferometrlar oilasiga mansub. Uning ishlashi quyidagicha:
Talabga javob beradigan manbadan kelayotgan kogerent yorugʻlik nuri optik 
komponentda ikki qismga ajraladi. Nurning bu qismlari turli yoʻllardan 
harakatlanadi, bir-biridan qaytib, boshqa optik komponentga yoʻnaladi va ular bu 
yerda ustma-ust tushib bir-biri bilan birikadi. Natijada interferension manzara 
yuzaga keladi. Agar bu nurlar birining yoʻli uzunligi, ya′ni sindirish koʻrsatgichi va 
geometrik yoʻl natijasida oʻzgarsa, bu oʻzgarmagan nurga nisbatan faza siljishiga 
olib keladi. 
Bu esa oʻz navbatida interferension manzaraning oʻzgarishiga olib kelib, u orqali, 
agar boshqa miqdorlar doimiy qolsa, sindirish koʻrsatgichining yoki optik yoʻlning 
har qanday oʻzgarishi haqida xulosa qilish imkoni boʻladi.
Demak, sindirish koʻrsatgichi doimiy qolsa, biz geometrik yoʻldagi farqni 
aniqlashimiz, masalan issiqlik yoki elektr yoki magnit maydonlari sababli 
materiallar oʻlchamining oʻzgarishini aniqlashimiz mumkin. Boshqa tarafdan, agar 
geometrik yoʻl doimiy qolsa, sindirish koʻrsatgichini, hamda sindirish 
koʻrsatgichiga ta′sir qiladigan bosim, temperatura yoki zichlikning oʻzgarishi 
kabilarning miqdorini va ta′sirini aniqlashimiz mumkin.
Lazer nurining toʻlqin uzunligini oʻlchash uchun bitta yassi koʻzgu nozik sozlash 
mexanizmidan foydalanib siljitiladi; Bu oʻzgartirish mos nurning optik yoʻlini 
oʻzgartiradi. Bunday siljitish davomida interferension chiziqlarning siljishi yarim 


209 
shaffof ekranda kuzatiladi. Bu hodisani baholash uchun, yassi koʻzgu siljiganda, 
kuzatish ekranidagi qoʻzgʻalmas nuqtadan oʻtayotgan maksimumlarni yoki 
minimumlarni hisoblashimiz mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling