Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba maqsadi
- Qisqacha nazariya
Sinash uchun savollar: 1. Erkin elektromagnit tebranish konturi qanday elementlardan tashkil topadi? 2. Elektromagnit tebranishlar qanday hosil qilinadi? 3. Krixgof ikkinchi qonunini tajriba bilan bog`liqligini tushuntiring. 4. Tajriba qurilmasini ishlash mehanizimini tushuntiring. 158 10- laboratoriya ishi VAKUUMLI DIODNING VOLT-AMPER XARAKTERISTIKASINI OʻRGANISH. (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 10, 15, 17, 48, 49, 52, 57.) Tajriba maqsadi: Vakuumli diodning volt-amper xarakteristikasini katodni qizdirish kuchlanishining uch qiymatida oʻlchash. Xajmiy manfiy zaryadning anod maydoniga qarshi ta′sir sohasini va VAX ining toʻyinish sohasini aniqlash. Lengmyur-Chayld qonunini tekshirish. Qisqacha nazariya: Vakuumli diod ichida vakuum hosil qilingan, germetik yopiq ikki elektrodni oʻz ichiga olgan shisha lampadan iborat oʻzidan elektronlar chiqaradigan termoionik katod va anod. (61-rasmga qarang). Agar lampaning katodi va anodi orasiga yetarlicha kuchlanish qoʻyilsa shu ikki qutb oʻrtasida elektr toʻki vujudga keladi. Katod elektr toʻki yordamida qiziydigan simdan iborat boʻlib u elektr kuchlanishi ta′sirida elektronlami ajratib chiqaradi. Qizigan katod oʻzidan elektronlami chiqaradi (termoelektron emissiya). Agar anod potensiali katod potensialiga nisbatan musbat boʻIsa elektronlar anodga tomon tezlanish oladi va anod Toʻki hosil boʻladi. Anod toʻkining qiymati, boshqa narsalardan tashqari, anod va katod oʻrtasidagi kuchlanishdan (anod kuchlanish) bogʻliq boʻladi. Agar anod kuchlanishing yoʻnalishi qarama-qarshiga oʻzgartirilsa katoddan chiqayotgan elektronlar qarama-qarshi yoʻnalgan maydonga qarshi harakatlana ohnasligi uchun anod toʻki hosil boʻlmaydi. Shuning uchun vakuumli diod filtrlash bloke sifatida yoki oʻzgaruvchan toʻklaming toʻgʻrilagichi sifatida foydalanish mumkin. Demak, umuman olganda, vakuumli diod yarim oʻtkazgichli diodga oʻxshash xossalarga ega. Yarimoʻtkazgichli diodlar rivojlanish bilan vakuumli diodlar tobora muhimligini yoʻqotib bormoqda. Bugungi kunda integral zanjirlarda kam joy egallaganliklari uchun asosan yarimoʻtkazgichli qurilmalardan foydalanilmoqda. Bu tajribada vakuumli diodning VAX oʻrganiladi. VAX anod toʻki 𝐼 𝐴 ning anod kuchlanishi 𝑈 𝐴 dan bogʻliqligini ifodalaydi. 62-rasmda diodni VAX ning tipik shakli koʻrsatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling