Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Kerakli asbob va jihozlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet98/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Kerakli asbob va jihozlar: 
1. He-Ne laser, chiziqli qutblangan (471 830) – 1ta 
2. Frenel koʻzgusi, sozlanadigan (471 05) – 1ta 
3. Komplekt 50 ta microskope slaydlari 76 mm 

26 mm (662 093) – 1ta
4. Prismatik stol (460 25) – 1ta 
5. Hoshiyali linza, f =+5 mm (460 01) – 1ta 
6. Hoshiyali linza, f =+200 mm (460 04) – 1ta 
7. Pretsision optik kursi, 1 m (460 32) – 1ta 
8. Yuritkich, H = 60 mm/B = 36 mm (460 353) – 3ta 
9. Yuritkich, H = 60 mm/B = 50 mm (460 351) – 1ta
10. Yarim shaffof ekran (441 53) – 1ta


188 
11. Karetka asosi (300 11) – 1ta
12. Noniusli shtangensirkul (311 52) – 1ta
13. Poʻlat tasmali oʻlchagich (311 77) – 1ta 
Tajriba qurilmasi: 
Tajriba qurilmasi 76-rasmda tasvirlangan. Fokus masofasi f 5 mm boʻlgan sferik 
linza K lazer nurini kengaytirib, nur S koʻzguga sirpanib tushadi. Linza H nurning 
yoʻliga faqat A bilan A′ yorugʻlik manbalari orasidagi masofani aniqlash uchun 
joylashtiriladi. 

Nayezdnikdan foydalanib, geliy-neonli lazerni optik kursiga 76-rasmda 
keltirilganidek oʻrnating. Ekranni lazerdan taxminan 1,80 m masofada 
joylashtiring.

Lazerni ekranga yoʻnaltiring, lazerni elektr tarmogʻiga ulang v a lazerni 
qoʻshing.

Fokus masofasi f =+5 mm boʻlgan sferik linzani K nayezdnikka lazer oldidan 
taxminan 2 sm masofada oʻrnating. Linzada kengaygan lazernuri ekranda taxminan 
15 sm diametrga ega boʻlishi kerak. 

Frenel koʻzgusini sferik linza oldida taxminan 15 mm masofada joylashtiring. 
Koʻzguni iloji boricha optik oʻqqa aniqroq parallel qilib toʻgʻirlang (qoʻshimcha 
ma′lumotlar uchun Frenel koʻzgusi boʻyicha instruksiyaga murojat qiling). 

Qoʻzguning ikkinchi qismini oʻyiq (b) bor vint bilan orqaga ogʻdiring (lazer nuri 
koʻzguga tushmasligi kerak). Endi lazer nuri diametrining bir qismi ekranga 
tushmaydi. Fokus masofasi f=+200 mm boʻlgan linzani 76-rasmda keltirilganidek 
koʻzgu yaqinida joylashtiring va uni koʻzgu tarafga suring.

Ikki yorqin A va A′ dogʻlarning intensivligi deyarli teng boʻlmaguncha lazerni 
bir oz buring. Nurning yoʻlidan linzani oling va tutib turgichda oʻyiq (a) qilingan 
vint bilan koʻzguni optik oʻqqa nisbatan perpendikulyar siljiting (bu ekranda 
interferension manzara paydo boʻlishiga olib keladi). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling