Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha nazariya
180 3-laboratoriya ishi OQ YORUGʻLIKNING DISPERSIYASI VA REKOMBINASIYASI BOʻYICHA NYUTON TAJRIBALARINI OʻRGANISH. (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 10, 20, 22, 23, 24, 53, 54, 55.) Tajriba maqsadi: Oq yorugʻlikni shisha prizmada spektral tashkil etuvchilarga ajratish. Dispersiyalangan yorugʻlik ikkinchi prizmada qayta parchalanmasligini koʻrsatish. Agar birinchi prizma ortidagi tirqishdan faqat bitta spektral komponent oʻtsa, unda ikkinchi prizmada bu yorugʻlik ogʻadi, ammo, parchalanmaydi. Sindirish sirtlari bir-biriga perpendikulyar boʻlgan ikkita qovushtirilgan prizmalardan iborat yigʻma mazkur qoidani qoʻshimcha tarzda tasdiqlaydi. Birinchi prizma ortidagi oq yorugʻlikning ajralgan spektrini birinchi prizmaga parallel joylashgan ikkinchi prizmadan oʻtishda spektral ranglarning rekombinasiyasidan oq yorugʻlikning yuzaga kelishini namoyish qilish. Qisqacha nazariya: 1666 yilda Isaak Nyuton 23 yoshida prizmalar bilan qilgan tajribalari, optikaning salmoqli tarraqiyotiga olib keldi, chunki u aksariyat yaxshi oʻylangan tajribalari yordamida shisha prizmada yorugʻlik singanda yuzaga keladigan yorugʻlikning dispersiyasini tajriba yoʻli bilan tushuntirib berdi. Nyuton oʻz tajribalarida quyoshni yorugʻlik manbasi sifatida olganini va proyeksion obyektiv bilan umuman ishlamaganini e′tiborga olish kerak. DC 535.853.2 da bayon qilingan tajribalarda yorugʻlik manbasi sifatida choʻgʻlanma lampadan foydalanilgan. Choʻgʻlanma lampaning ekranga proyeksiyalangan dispersiyalangan “oq” yorugʻligining spektri kamalakda yuzaga keladigan ma′lum ranglar ketma-ketligidan iborat. Bundan tashqari, turli rangli yorugʻlik filtrlaridan foydalanilganda, alohida ranglarning ogʻishini namoyon qilish mumkin. Hatto filtrlardan foydalanganigizda ham, har bir rang spektrdagi oʻrniga mos tarzda ogʻadi: spektrning turli sohalari uchun prizmaning sindirish koʻrsatgichi farq qiladi. Nyuton spektrdagi alohida sohalar mustaqil tarzda yana ranglarga ajralmasligini koʻrsatdi. Uning qurilmasida tirqish spektr koʻrinadigan ekranga yoʻnalgan. Tirqishdan oʻtgan yorugʻlik monoxromatik va u boshqa ekranga 181 tushishdan oldin minimal ogʻishli ikkinchi prizmadan oʻtadi. Ushbu ekranda garchi tasvir bir oz kengaysa ham, faqat tirqishdan oʻtgan rang kuzatiladi. Ammo, boshqa ranglar koʻrinmaydi. Nyuton xuddi shunday natijani kesishgan prizmalar bilan olgan. Mazkur tajriba uchun ikkinchi prizma gorizontal joylashtirilgan sindiruvchi qirrasi bilan birinchisining ortiga oʻrnatilgan. Bunda yorugʻlik dastasi ikkala prizma bilan shunday ogʻadiki, ogʻgan spektr ekranga tushadi. Yorugʻlikning rangli spektral sohalari ikkinchi prizmada ham xuddi birinchi prizmadagidek ogʻadi. Rangli spektral sohalarning rekombinasiyasi oq rangning shakllanishiga olib kelishi nazorat tajribalarining asosini ifodalaydi. Spektral ranglar prizma vositasida oq rangdan hosil qilinganidek, spektrning hamma sohasini ustma-ust tushushidan oq yorugʻlik olinishi mumkin. Bu maqsadda linza dispersiyalangan yorugʻlik yoʻliga joylashtiriladi, linza prizma sirtdidan nurlarni ekranga yigʻadi. Ekrandagi tasvir oq va shu linza tenglamasi uchun mos kattalashgan boʻladi. Spektr linza ortidagi fokal tekislikda yaxshi fokuslanadi. Prizma sirtidan akslanish, bunga qaramasdan, rangsiz va faqat shu spektrning 11 ta rangi ekranda tasvirga rekombinasiyalanganda oq boʻladi. Agar mazkur spektrning bir yoki boshqa qismi juda kichik linza yoki ekran bilan toʻsib qoʻyilsa, unda tasvir toʻliq oq rang boʻlmaydi, ammo, tusga kirgan boʻladi (qoʻshimcha ranglar haqida DC 535.621.1; a ga qarang). Har qanday modda oʻzining yutish polosalariga ega boʻladi va sinish koʻrsatkichining umumiy oʻzgarib borishi bu polosalar spektrining qayerida joylashganligiga bogʻliq boʻladi. Har qanday moddaga tegishli toʻla dispersin manzara yutilish chiziqlari yoki polosalari ichidagi sohalarga mos anomal dispersiya sohalaridan va yutilish polosalari orasida joylashgan normal dispersiya sohalaridan iborat. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling