Umumiy gigiyena va ekologiya
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
dahlizga kiriladi. Kutish uchun 23 metrgacha kengaytirilgan
dahlizdan foydalanish mumkin. U yaxshi shamollatilishi va yoritilishi lozim. Poliklinikalar ishini togri uyushtirilsa koð bemorlar toðlanishining oldi olinadi, bir-biridan yuqumli ka- salliklar tarqatuvchi mikroblarni otishiga yol qoyilmaydi. Bolalar bolimi kattalar bolimidan butunlay alohida boladi. Bolalar bolimiga filtr orqali kirish mumkin, bu yerda tibbiy hamshira bola togrisida ota-onalardan sorab-surishtiradi, 272 bemor bola kelgan zahoti korib, haroratini olchaydi. Isitma- layotgan, yuqori nafas yollari yalliglangan, terisiga toshma toshgan yoki boshqa yuqumli kasallik alomatlari bolgan bolalar (alohida eshikli) korish boksiga yotqiziladi. Bolalar bolimlarida hojatxonadan tashqari godak bolalar uchun tuvaklar turadigan xona, unitaz, yuvish va dizenfeksiya qilish uchun maxsus jihozlar bolishi kerak. 10.5-§. TIBBIYOT XODIMLARINING MEHNAT VA SHAXSIY GIGIYENASI Tibbiy xodimlar mehnatini yengillatishga imkon beradigan sharoitlarni yaratish kasalxona gigiyenasining eng muhim vazi- falaridan biri hisoblanadi. Mehnat jarayonini takomillashtirish boyicha tadbirlar majmuyini otkazish yoli bilan tibbiy xodimlar charchashining oldini olish mumkin. Poliklinika va kasalxonalarda vrachlar xonalari, muolaja xo- nalari, navbatchi hamshiralar ishlash orni, ordinatorlar, labo- ratoriya xonalari eng zarur ish joylari hisoblanadi. Ish joyi jihozlariga: tibbiy asboblar, yozuv qurollari, hujjatlar, tashkiliy texnika va tezkor aloqa vositalari kiradi. Hujjatlarni yurgizishga ketadigan vaqtni qisqartirish muhim tadbirlardan hisoblanadi. Jumladan, tibbiyotga oid yozuv-hisob ishlarida hujjatlashtirishning bosmaxona imkoniyatlaridan foydalanish lozim. Tibbiy xodim bu qogozlardan foydalanar ekan, zarurining tagiga chizib qoya qoladi. Malumki, bemorga beriladigan yozma tavsiyalar ogzakisiga qaraganda samarali boladi. Chunki, ogzaki tavsiyalarni bemorlar faqat 3035% eslab qoladi. Tibbiy xodimlar uchun quyidagilar birmuncha ahamiyatli hisoblanadi: 1. Skelet mushaklarining statik taranglashishi, masalan, oðeratsiya vaqtida jarroh gavdasining majburiy holati, stoma- tologning bemorga qarayotgandagi holati. 2. Atrof-muhitning zararli kimyoviy moddalar bilan iflos- lanishi. Bulardan eng muhimi amaliyot xonasi havosini narkotik birikmalar bilan, rentgen va fizioteraðiya xonalarining simob- kvars lamðalarini ishlatishda ozon va azot oksidlari, lazer nuridan foydalanilganda biologik toqimalarning chala yongan mahsu- lotlar bilan ifloslanishi. Kasalxonalar binosi havosida aerozollar, 273 antibiotiklar va boshqa dori moddalar bugi, masalan, aerozol teraðiya, sezuvchanlikni oshiruvchi tasiri bolgan dezinfek- siyalovchi moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Novokain, aerozol yoki antibiotiklar, yuvuvchi tozalovchilar va boshqa birikmalarning teriga tegishi natijasida allergik holatlar yuzaga kelishi kuzatilgan. 3. Juda isitib yuboradigan mikroiqlim. U issiqlik idora etilishini kuchaytirib, birinchi navbatda suv va balchiq bilan davolash xonalari, balneoteraðiya bolimi, ovqat bloki, kir yuvish xonasida xodimlar sogligiga va ish qobiliyatiga noxush tasir korsatadi. Issiq havo jarrohning ish qobiliyatiga ayniqsa yomon tasir etishi mumkin. 4. Atmosfera bosimi. Yuqori bosimda ishlaganda azotning narkotik toksik tasir etishi, ðast bosimda tavsiya qilingan tadbirga rioya qilinmaganda dekomðression kasallik roy berishi mumkin. 5. Yuqumli kasalligi bor bemor yoki batsilla tashuvchi bilan muloqotda bolgan tibbiy xodim kasalxona gigiyenasi va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaganda yuqumli kasalliklar bilan ogrib qolishi mumkin. Masalan, griðð eðidemiyasi bilan tibbiy xodim boshqalarga qaraganda 2, 1/23 baravar, yuqumli geðatitda esa 410 baravar koð kasallanadi. 6. Ionlashtiruvchi nurlar. Rentgen xonasi, radiologiya bolimi, radonli vannaxona, angiografiya, koronorografiya va kavografiya xonalarida xizmat qiladigan xodimlar, shuningdek yuqoridagiga oxshash nazoratda oðeratsiya qiladigan jarroh ionlashtiruvchi va radioaktiv nurlar hamda radioaktiv moddalar tasiriga uchrashi mumkin. Tibbiy xodimga tasir etadigan boshqa omillarga ultratovush, lazer nuri, turli diaðazondagi elektromagnit maydoni va bosh- qalar kiradi. Kasalxonaga ishga kiradigan barcha kishilar albatta tibbiy korikdan otkaziladi. Oziq-ovqat bloki xodimlari va bevosita bemorlarga xizmat korsatadigan kichik xodimlar har oyda tibbiy korikdan otkazib turiladi, yarim yilda bir marta batsilla tashuv- chanlikka (ichak infeksiyalarini qozgatuvchilari) tekshiriladi. Chaqaloqlarga va bazi bemorlarga xizmat korsatadigan tibbiy xodimlar burun-halqumda ðatogen stafilokokklar va streð- tokokklar borligiga tekshiriladi. Bunday qozgatuvchilarni tashuvchilar kasallikdan forig bolmaguncha ishga qoyilmaydi. 18 M.A. Azizov 274 10.6-§. DSENM (DAVLAT SANITARIYA- EÐIDEMIOLOGIYA NAZORAT MARKAZI) DSENM bu sanitariya qonunlari buzilishining oldini olish, aniqlash va ularga chek qoyishga qaratilgan sanitariya-eði- demiologiya xizmatining faoliyatidir. Davlat sanitariya nazorati Ozbekiston Resðublikasi Sogliqni saqlash vazirligiga qarashli sanitar-eðidemiologik xizmat muassa- salari va idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Uning vazifa va mazmunlari Ozbekiston Resðublikasi Konstitutsiyasi, Ozbe- kiston Resðublikasi Oliy Majlisining «Fuqarolarni himoya qilish togrisida»gi «Davlat sanitariya nazorati togrisida»gi qonun, qaror va boshqa hujjatlarni, Ozbekiston Resðublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va qollanmalari, Sog- liqni saqlash vazirligining normativ hujjatlari bilan belgilanadi. Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligining 1999-yil 20-yan- vardagi 20-sonli va 1999-yil 2-dekabrdagi 710-sonli buyruqlari bilan sanitar-eðidemiologik xizmatining tuzilishi belgilangan, shuningdek, sanitar-eðidemiologik xizmat muassasalari tizimiga kiruvchi Davlat sanitar-eðidemiologik nazorat Deðartamenti, Davlat sanitar-eðidemiologik nazorat markazlari, SITS markazi: «Karantin va ota xavfli infeksiyalar» markazi; «Salomatlik» markazlari va b. togrisida Nizomlar tasdiqlangan Davlat sani- tariya-eðidemiologiya xizmatini (san.eðid.xizmat) Vazir muovini Bosh Davlat sanitariya vrachi boshqaradi. Songra Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligi sanitariya-eðidemiologiya nazorati Deðartamenti turadi. Uning tizimiga sanitariya-gigiyena va eðidemiologiya bolimlari hamda Davlat sanitariya-eðidemio- logiya nazoratining hududiy markazlari (DSENM), resðublika DSENMI, viloyat va Toshkent shahar DSENMlari, tumanlardagi DSENMlari kiradi. (DSENM) idoralar, korxonalar, muassasadar, tashkilotlar, birlashmalar qaysi idoraga boysunishidan va mulkchilikning shaklidan qatiy nazar, alohida shaxslarning sanitariya meyorlari, qoidalari va gigiyena meyorlariga rioya etishlar ustidan Davlat sanitariya nazoratini olib boradi. DSENM davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi. DSENM boshqarish darajasiga qarab 3 darajaga bolinadi: Ozbekiston Respublikasi Sogligini saqlash vazirligi, Resðublika Davlat sanitariya-eðidemiologiya nazorat markazi (III daraja); 275 Qoraqalðogiston Resðublikasi Davlat sanitariya-eðidemiologiya nazorat markazi, viloyatlar DSENMlari va Toshkent shahar DSENMga (II daraja), shahar (tumanlarga bolinmagan) DSENMlariga va tuman DSENMlariga (I daraja) bolinadi. Mamuriy munosabati boyicha DSENM darajasiga qarab boysunadi: vazirlar kengashiga, hokimiyatga (shahar, viloyat, tuman) va ularga qarashli sogliqni saqlash idoralariga, vazifasi boyicha ozidan yuqori turuvchi Davlat sanitariya-eðide- miologiya nazorati markaziga boysunadi. DSENM umumiy tuzilishi va shtat normativlari Ozbekiston Resðublikasi Sogliqni saqlash vazirligining buyrugi bilan tasdiqlanadi. III va II darajali DSENM qoshida sanitariya-eðidemiologiya xizmatini rivojlantirishni, boshqarilishini, uning material texnik bazasini va mablag bilan taminlashni yaxshilash maq- sadida Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida ish quruvchi sanitariya-eðidemiologiya kengashi tashkil qilinadi. DSENM tibbiyot institutlarining, Vrachlar malaka oshirish institutlarining oquv bazasi hisobida qollanilishi hamda tibbiyot institutlari talabalari va tibbiyot kolleji oquvchilari uchun amaliy tajriba bazasi bolishi mumkin. DSENM ozining boshqarish darajasiga qarab quyidagi asosiy vazifalar va ishlarni bajaradi: idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar qaysi idoraga boysunishidan qatiy nazar, sanitariya meyorlari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari ustidan ogohlantirish va joriy davlat sanitariya nazoratini otkazish; sanitariya-gigiyena va eðidemiyaga qarshi tadbirlarni, yani mehnatkashlarning mehnat, turmush, dam olish sharoitlarini, soglomlashtirishni, aholini gigiyenik oqitishni, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni kamaytirishda atrof-muhit omillarining inson salomatligiga tasirini organish, aholi orasida immuno- ðrofilaktika taktikasini aniqlash, xalq istemol mollarini, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini inson salomatligiga xavfsizligi haqida shahodatnoma berish; yer tanlashda, loyihalashda, qurilish va obyektlarni qayta qurish ustidan ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini olib borish; oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo, kimyoviy, maishiy, ðolimer materiallar, asboblar va uy-rozgor, sanitariya texnikasi 276 uskunalari va boshqalar ustidan ogohlantiruvchi nazoratni ot- kazish; obyektlarda joriy sanitariya nazoratini mavzuiy, rejali, komðleks holda otkazish. Yashash, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish, tarbiyalash, oqitish, sanitariya sharoitini baholashda tekshirish qoidasiga binoan laboratoriya olchagichlar yordamida otkazilishi belgi- langan. Yuqorida qayd qilingan ishlardan tashqari tumanlar va shaharlar (tumanlarga bolinmagan) DSENMlari quyidagilarni bajaradi: aholi sanitariya-eðidemiologiya xotirjamligini tamin- lashda mahalliy davlat boshqarish idoralari, huquqiy himoya qilish, tabiatni muhofaza qilish, nazorat qilish idoralari va jamoat birlashmalari bilan birga ish olib boradilar; atrof-muhit, ish sharoiti, dam olish sharoitini soglom- lashtirish, aholi orasida kasallanishning oldini olish va kamay- tirishda, hududlarni karantin va inson uchun xavfli bolgan infeksiyalarni olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbirlarini ishlab chiqish; nazorat ostidagi obyektlarning sanitariya holatini yaxshilash uchun reja-toðshiriqlar ishlab chiqadilar va otkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini tahlil qiladilar; odamlarning yashash va ishlash sharoitlariga yomon tasir qiluvchi, atrof-muhitni zaharlovchi, kimyoviy, biologik va fizik manbalarni aniqlash; mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga sanitariya- soglomlashtirish tadbirlarini otkazish va uni korib chiqish boyicha takliflar tayyorlash; sanitariya-eðidemiologik stansiya ishida yangi tashkiliy shakllar va uslublar samarali ðrofilaktika vositalari va usullarini ishlab chiqish va amalda qollash; nazoratdagi obyektlarda laboratoriya tekshiruvlarini asbob- lar yordamida otkazish, korxonalar laboratoriyalariga atrof- muhitning ifloslanishi nazorati boyicha metodik yordam berish; qaysi idoraga boysunishidan va mulkchilikning shaklidan qatiy nazar mahsulot ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga sertifikat berishni ðullik xizmat asosida otkazish; nazorat ostidagi obyektlarning xodimlari va aholi orasida ilmiy, gigiyenik bilimlarni targibot qilishda qatnashish; 277 ariza, xat, shikoyatlarni oz komðetentsiya doirasida korib chiqish. Viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalðogiston DSENMlari vazifalari va majburiyatlariga, asosan, tashkiliy va uslubiy ishlar, atrof-muhitni soglomlashtirishga, yuqumli va yuqumsiz kasallik- larning oldini olish va kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni otka- zishda shahar va tuman sanitariya-eðidemiologik stansiyalariga tashkiliy, uslubiy va amaliy yordam korsatish, shuningdek mudofaa, ilmiy ishlar vazirliklarining, milliy xavfsizlik xizma- tining temir yol va boshqa idoralarining sanitariya-eðidemio- logiya xizmatiga uslubiy rahbarlik, yol-yoriq korsatish va ularning ish faoliyati nazoratini taminlaydilar. DSENM quyidagi asosiy ish usullarini qollaydi: nazorat qilinayotgan obyektning sanitariya holatini yozish usuli; laboratoriya va asboblar bilan tekshirish usuli (tekshirish usuliga kora bu yerda har xil tekshirish usullaridan foydalanish mumkin: kimyoviy, fizik, biologik, fiziologik va boshqalar); ogohlantirish va joriy sanitariya nazorati, atrof-muhit omil- larining inson organizmiga tasiri, odamlarning yashash va xojalik sanitariya sharoiti, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar, aholi demografiyasi malumotlarini ishlab chiqish va organishga asoslangan statistik usul. Nazorat savollari 1. Kasalxona uchastkasiga qanday gigiyenik talablar qoyiladi? 2. Shahar va qishloq aholisiga tibbiy xizmat qanday tashkil qilinadi? 3. QVPning tuzilishi va vazifalari nimalardan iborat? 4. Kasalxonaga ishga kiradigan xodimlar qanday tibbiy koriklardan otadilar? TEST SAVOLLARI 1. Kasalxonaning umumiy maydoni har bir bemor uchun qancha bolishi kerak? A. 510 m 2 . D. 25 m 2 dan kam bolmasligi. B. 1520 m 2 . E. 1015 m 2 . 2. Qishda va faslning almashinuvi vaqtida bemorlar uchun eng maqul harorat necha °C bolishi kerak? A. 1617°C. B. 1922°C. D. 1718°C. E. 1618°C. 278 XI BOB EKOLOGIK TARBIYA VA EKOLOGIK MADANIYAT Fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida ekologik talim va tarbiya yangi insonni shakllantirishning ajralmas qismidir. Shuning uchun ham ekologik tarbiya jarayonida foyda- laniladigan asosiy tushunchalar mazmunini ochib berish tola asoslidir. Ekologik tarbiyaning muhim shakli oquvchilarning ishlab chiqarish talimi ustasi (sinf rahbari, oqituvchi, muhandis- ðedagog, yotoqxona tarbiyachisi) rahbarligidagi tabiatni muho- faza etish, kasb-hunar kolleji hududlarini obodonlashtirish, kochat-daraxtlar ekish va ularni nazorat qilish; qushlar va hayvonlar uchun uya va in qurish; buloq, kol va ariqlardagi axlatlar va chiqindilarni tozalash; tuman hududiga yaqin joylash- gan qishloq yoki shahar atrofidagi oromgohlarga otaliqqa olish va boshqalar boyicha tashkil etilgan amaliy ishlaridir. Bunday ishlar natijasida yoshlarda tabiat bilan bogliq zaruriy ekologik, huquqiy, axloqiy va estetik qarashlar shakllanadi. Oquvchilar insonning tabiatdagi ornini, ona shahri yoki qish- logi uchun tabiat muhofazasi borasidagi faoliyatning aha- miyatini, yer va havo, kol, daryolarni toza saqlash masalalarini hal etishda faol hayotiy nuqtayi nazarning muhim ekanini tushunib yetadilar. Aynan yoshlarning tabiatni muhofaza etish borasida maqsadga yonaltirilgan amaliy faoliyati individual ekologik ongning shakllanishida zaruriy shart hisoblanadi. Ozbekistonda ekologik talim va tarbiya masalalari «Bogcha bolalari tarbiyasi dasturi»ga ham kiritilgan. Bu dolzarb masalaning keyingi bosqichlari ekologik talim maktablari kasb-hunar talimi muassasalari va oliy oquv yurtlarida hamda bevosita korxonalarda davom ettiriladi. Oquvchilarning maktabda tabiatshunoslik, biologiya, geografiya, fizika, kimyo va boshqa fanlardan olgan bilimlaridan kasb-hunar talimi muassasalaridagi ekologik talim va tarbiya jarayonida keng foydalanish lozim. Usta, murabbiy, muhandis oz ishini 279 shunday tashkil etishi kerakki, u oquvchilar uchun ibrat bolsin. Oqituvchi, murabbiy, muhandis-ðedagog oquvchilar bilimini yangi tushunchalar bilan boyitishi, ularning kasbiy malaka va uquvlarini oshirishi, orgatiladigan materiallarni ham, uni tushuntirish shaklini ham biroz murakkablashtirib borgan holda ekologik tarbiya berishni yanada kengaytirishi kerak. Sozlar bilan boshlangan har qanday yaxshi davat amaliyotda ijtimoiy foydali ishlar bilan mustahkamlanishi lozim. Kasb-hunar talimi muas- sasalari oquvchilarini nazariy jihatdan tayyorlash ishini ularning tabiatni muhofaza etish borasidagi amaliy faoliyati bilan uzviy boglash va toldirish maqsadga muvofiq. Masalan, xonalarda ostirilgan osimliklarni ðarvarish qilish, hududlarni tozalash, obodonlashtirish, bog-roglarga ishlov berish kabi faoliyatlar bilan mashgul bolishlari mumkin. Oquvchilarning shahar va qishloqlardagi talim muassasalarini kokalamzorlashtirishi, otqazilgan nihol daraxtlarni, obodon- lashtirilgan hududlarni va tabiatni himoya qilishi, suvchilar klubi, shuningdek, «yashillar» va «moviylar» uyushmasi nazoratchilari tarkibida ahillik bilan ishtirok etishlari ekologik bilimlarining amaliy ifodasi hisoblanadi. Inson va tabiat ozaro munosabatlarining haqiqiy qulay shakllari tabiat va jamiyat borasida gamxorlik korsatiladigan jamiyatdagina mavjud bola oladi. Bunday jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiatni muhofaza etish maqsadlari ortasida hech qanday zarurat bolmaydi. Atrof-muhitni muhofaza etish uchun kurashish, sozsiz mustaqil resðublikamizdagi har bir oquvchining fuqarolik burchiga aylanmogi lozim. Shuni alohida takidlab otish lozimki, oquvchilarning ekologik ongini shakllantirishning muhim yona- lishlardan biri ularda tabiatga bolgan axloqiy munosabatlarni tarbiyalashdir. Osmirlar va qizlar ozlarining tabiatga bolgan munosabati, ularning axloqiy yetukligi va tarbiyalanganligini bildiruvchi sifat ekanligini anglashlari zarur. Ijtimoiy tadqiqot natijalari aynan oquvchilar orasida mazkur yonalishdagi tarbiyaviy ishlarning alohida dolzarbligini korsatadi. Koðgina hollarda ayrim yoshlar uy hayvonlariga shafqatsiz munosabatda boladilar. Buni statistik tahlil va kuzatish natijalaridan ham bilsa boladi. Bu esa bolalarni oila, maktab va boshqa talim muassasalarida axloqiy jihatdan tarbiyalashda yol qoyilgan xatolar oqibatidir. 280 Aslida ular jonzotlarga nisbatan shafqatsiz bolish manaviy nuqson va uning kelgusida ogir oqibatlarga olib kelishidan xabar beruvchi tashvishli ishorat sifatida qaramoq kerak. Bazan kasb- hunar kollejlarida ham bunday toifadagi bolalar uchrab turadi. Agar, ular bu yerda ham zaruriy ekologik talim va tarbiya olishmasa, u holda ular tabiatga ham, odamlar hamda oz- ozlariga ham koð zarar keltirishlari mumkin. Hozirgi zamonda koðgina odamlarning tabiatdan «uzoqlashib qolishi» malum darajada ularning manaviy olamiga, tarbiyasiga tasir korsatadi. Ularda tabiatga nisbatan gamxorlik ham ancha xiralashadi. Ayniqsa, shaharda yashab «madaniylashib» ketgan bazi odamlar bahorda keng dalalarga, tabiat qoyniga chiqqan- larida ekologik meyorlarga, axloqiy taqiqlarga amal qilmay, daraxt va butalarni sindiradi, otlarni ðayhon qiladi, gullarni yulib tashlaydi, daraxtlar tanasi, tog-u toshlarga, yer yuziga oz nomini yoki boshqa sozlarni oyib yozadilar. Ammo bunda ular nafaqat tabiatga, balki boshqalarga ham, eng muhimi, oziga ham manaviy zarar yetkazayotgani haqida oylab kormaydilar. Bu ularning tabiatdan, rahm-shafqat va gamxorlik tuygusidan biroz bolsa-da, uzoqlashib qolganidan dalolat beradi. Bolalarga televizorlarda beriladigan ekologik tarbiya saboqlariga etibor berishni tavsiya etish foydadan xoli emas. Ekologik tarbiya bu tabiatga mavhum muhabbat uygotish vositasi emas, u insonning unga bolgan oqilona munosabatini shakllantirish, mehr-muhabbatni barqarorlashtirish usuli. Shu- ning uchun ham u kishilarga bolgan hurmat va etibor, ishonch, ular mehnati va hayotini ezozlash orqali uzoq murakkab yolni bosib otadi. Har bir inson tabiat gozalligini kora bilsin, uning saxiyligini unutmasin, tabiatdan hayratlanib, ajablanib, zavqlanib yashasin. Ekologiya va madaniyat juda keng qamrovli tushun- chalardir. Madaniyat ekologiyaga va aksincha, ekologiya madaniyatga turli sohalarda tasir korsatadi. Bu tushunchalar uchun umumiy bolgan manbalar ham xilma-xildir. Faqat madaniyatli kishigina tabiat va jamiyatning ozaro tasirini oqilona yolga qoyishga intiladi. Bu boradagi faoliyatini ham uning madaniyati belgilab beradi. Madaniyat odamlarni bilimli qilishga, ularga ish tartib- qoidalarini orgatishga, qolaversa, ishlab chiqarishni, texnika va fanni ekologiyalashtirishga xizmat qiladi. 281 Ekologik madaniyat quyidagilarni qamrab oladi: tabiatni muhofaza etish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni ozgartirish madaniyati. Ozida ekologik madaniyatni shakllantirgan inson bir tuman miqyosida tabiatni muhofaza etish borasidagi gamxorlik undan uzoqlardagi ekologik vaziyatga ham samarali tasir korsatishini teran tushu- nadi. Tabiiy muhitdagi kamchiliklarni bartaraf etish barcha millat va xalqlarning ishidir. Ular faoliyatini bir maqsad yolida birlashtirish ekologik muammoni hal etishning muhim sharti hisoblanadi. Tabiiy muhitni muhofaza etish va tiklash masalasi millionlab Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling