Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Download 483.39 Kb.
bet26/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

9- Laboratoriya mashg’uloti


Mis kuporosidagi Cu2+ miqdorini iodomitriya usulida aniqlash.



Darsning maqsadi:

Mis(II) ionini miqdorini iodometrik titrlash usulida aniqlash



Nazariy qism

Misni aniqlash yodid ionining mis(II) ioni bilan oksidlanish reaksiyasiga asoslangan:


2Cu2+ + 4J-Cu2J2 + J2.
Ajralib chiqqan yod natriy tiosulfatning standart eritmasi bilan titrlanadi. Yodning miqdori misning miqdoriga ekvivalent boiganligi tufayli, sarflangan natriy tiosulfatning miqdori asosida eritmadagi misning miqdorini aniqlash mumkin.


Analizni bajarish tartibi.
Analiz qilinadagan tarkibida mis (II) bo'lgan namunadan analitik tarozida ma'lum miqdori tortib olinadi va nitrat kislotada eritiladi. Eritmadagi kislotaning ortiqcha miqdorini bug'latib yo'qotgandan so'ng eritma suv bilan suyultiriladi. Eritmani qaynatib, undagi azot oksidlari uchirib yuboriladi. So'ngra eritma o'lchov kolbasiga to'liq o'tkazilib, kolbaning belgisigacha suv bilan suyultiriladi. Hosil qilingan eritmani yaxshilab aralashtirgandan keyin eritma tayyor hisoblanadi.
Titrlash kolbasiga pipetka yordamida alikvot qism olinadi, ustiga 3 ml 2 N li sulfat kislota va 20 ml 10 % li KJ eritmasidan qo'shiladi, so'ngra mis (I) yodid cho'kmasi bo'lgan qo'ng'ir rangli eritma natriy tiosulfatning standart eritmasi bilan och sarg'ish rangga kirguncha titrlanadi. So'ngra unga 5 ml kraxmal eritmasidan qo'shib, eritma havorangdan och pushti rangga kirguncha titrlash davom ettiriladi. Agar analiz qilinayotgan eritmada temir (III) ioni bo'lsa, KJ qo'shishdan oldin 3 g ammoniy ftorid qo'shib uni [FeF6] kompleksga bog'lash zarur.
Analiz qilinadigan namunaning zaruriy tortimini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

Formulaga misning namunadagi miqdoriga yaqin qiymatni hamda N, Э va VCu=25 ml ni qo'yib namunaning tortimi hisoblanadi.
Titrlash natijalari yuqoridagi tartibda laboratoriya jurnalida qayd qilinadi. Analiz natijalari yuqoridagicha hisoblanadi.

Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling