Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


KFK-2 fotoelektrik kolorimetrining tuzilishi va ishlashi


Download 483.39 Kb.
bet34/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

KFK-2 fotoelektrik kolorimetrining tuzilishi va ishlashi

Konsentratsiyani o'lchaydigan KFK-2 fotoelektrik kolorimetri suyuq va qattiq holatdagi shaffof moddalardan 315-980 nm oraliqdagi yorug'lik nurlari o'tganda, ularning optik zichliklarini o'lchash orqali eritmadagi moddaning konsentratsiyasini aniqlashga mo'ljallangan. Asbobda tegishli to'lqin uzunlikka ega bo'lgan yorug'lik nurlarini ajratib berish uchun turli yorug'lik filtrlari o'rnatilgan.


Kolorimetrning tuzilishi va ishlashi. O'tkazish koeffitsientini o'lchash uchun yorugiik qabul qiluvchi elementga Io to'lig'icha va tekshiriladigan namuna orqali o'tgan I yorug'lik oqimlari yo'naltiriladi. Bu oqimlarning nisbati tekshirilayotgan eritmaning o'tkazish koeffitsienti T bo'ladi:
T=(I/I0) 100%
Kolorimetrda bu nisbatni aniqlash uchun oldin yorug'likning yo'liga erituvchi yoki standart eritma solingan kyuveta qo'yiladi va kolorimetrning. sezgirligini o'zgartirib, galvanometrning strelkasi o'tkazish koeffitsientlari shkalasining 100 raqami qarshisiga to'g'rilanadi. Shunday qilish orqali to'liq yorugiik oqimi Io shartli ravishda 100 % ga teng, deb qabul qilinadi. Bu shart erituvchida nur yutuvchi erigan moddaning zarrachalari bo'lmaganda u yorugiikni yutmasdan 100% o'tkazib yuborishi kerak, degan mulohazaga asoslangan. Keyin yorug'likning yo'liga tekshiriladigan eritma solingan kyuveta qo'yiladi. Galvanometrning o'tkazish koeffitsienti shkalasidan olingan hisob raqami n, I ga mos keladi. Demak, eritmaning foizlarda o'lchangan o'tkazish koeffitsienti T (%)=n bo'ladi. Optik zichlik A quyidagi formula orqali topiladi.
A=-lg(I/I0)=-lg(T/100)=2-lgT
Kolorimetrning optik sxemasi. Kolorimetrning optik sxemasi 5-rasmda keltirilgan. Yoritish lampasining 1 yorugiik chiqarayotgan simining tasviri 2 kondensor linza yordamida 3 tirqish tekisligiga tushiriladi:

6-rasm. Kolorimetrning optik sxemasi
Tirqish aylana shaklida bo'lib, uning diametri 2 mnbga teng. Bu tasvir 4, 5 obyektivlar yordamida undan 300 mm uzoqdagi tekislikka 10х marta kattalashtirib tushiriladi. Yorug'likning yo'liga 9,11 himoya qiluvchi shishalar orasidagi joyga eritma solingan 10 kyuveta o'rnatiladi. Lampa uzluksiz spektrining tor qismlarini ajratish uchun kolorimetrda 8 yorugiik filtrlari o'rnatilgan. 6 yorugiik filtri namunani issiqlikdan himoyalaydi, u spektrning ko'zga ko'rinuvchi qismi (400-490 nm) eritmadan o'tayotganda nur yo'liga o'rnatiladi. To'lqin uzunligi 400-540 nm bo'lgan spektr sohasi ishlatilganda, yorugiik oqimini susaytirish uchun 7 neytral yorugiik filtrlaridan foydalaniladi.
Yorugiik oqimini 14 plastinka ikkiga bo'ladi, uning 10 foizi FD-24K fotodiodga, qolgan 90 foizi esa F-26 fotoelementga yo'naltiriladi. Har xil rangli yorugiik filtrlari bilan ishlagan vaqtda fotodioddan olinadigan fototoklarni tenglashtirish uchun ularning oldiga SZS-16 rangli shishadan tayyorlangan 13 yorugiik filtri o'rnatiladi.

7-rasm. KFK-2 fotoelektrik kolorimetrning old tomonidan ko'rinishi





3 7 4 5 6

Kolorimetr tarkibiy qismlarining tuzilishi va ishlashi. Kolorimetr yoritish lampasi, gardishga o'rnatilgan yorugiikni to'plovchi, buruvchi va yutuvchi optik elementlar, yorugiik filtrlari, o'zgarmas tokni kuchaytiruvchi va sozlaydigan elementlarni o'z ichiga olgan fotometrik qurilma, qayd qiluvchi galvanometr va yoritish lampasi hamda boshqa elektr energiyasi iste'mol qiladigan qismlarni energiya bilan ta'minlovchi energiya blokidan tuzilgan.

Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling