Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Download 483.39 Kb.
bet33/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

13 - Laboratoriya mashg’uloti


Komplеksonomеtriya. Eritmadagi rux yoki boshqa metall ionlarining miqdorini aniqlash.



Darsning maqsadi:

Komplеksonomеtrik titrlash usulida eritmadagi rux yoki boshqa metall ionlarining miqdorini aniqlash.



Aniqlash metali kationini EDTAning standart eritmasi yordamida pH=10—11 bo'lganda metalloxrom indikatori – erioxrom qora T ishtirokida titrlashga asoslangan. Titrlashga ishqoriy metallar, ammoniy, kumush, talliy (I) kationlari xalaqit bermaydi. Boshqa kationlaming xalaqit beruvchi ta'siri tegishli reagentlar yordamida bartaraf qilinadi.


Analizni bajarish tartibi.
Analiz qilinadigan namunaning hisoblangan tortimi 250 ml li o'lchov kolbasiga solinadi, suvda yoki suyultirilgan HC1 da eritiladi. So'ngra kolbaning belgisigacha suv solib, eritma yaxshilab aralashtiriladi. Shu eritmadan titrlash kolbasiga alikvot qism olib titrlanadi. Titrlash xuddi EDTA ni standartlashdagi kabi bajariladi.
Titrlash natijalari yuqorida ko'rsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi. Analiz natijasi yuqorida keltirilgan tartibda hisoblanadi.
14- Laboratoriya mashg’uloti.


Fotoelеktrokolorimеtriya. Fe3+ tuzidagi Fe3+ ioni miqdorini aniqlash.



Darsning maqsadi:

Fotoelеktrokolorimеtriya. KFK-2 fotoelеktrokolorimеtrda ishlash. Fe3+ tuzidagi temir ioni miqdorini aniqlash.



Nazariy qism
Fotometrik usullar rangli birikmalarning yutilish spektrlarini tekshirishga asoslangan. Fotometrik analizda yutilish yo'lagining kengligi katta ahamiyatga ega bo'lib, yo'lakning kengligi qancha katta bo'lsa, moddalar aralashmasini analiz qilish shuncha qiyin bo'ladi. Rang hosil qiluvchi reaktivning va kompleksning yutilish yo'laklari keng bo'lsa, ularning bir-birini o'zaro qoplash, ya'ni ustma-ust tushish, ehtimoli ortadi. Bu esa o'z navbatida analizni murakkablashtiradi. Yo'lakning kengligi uning yarim kengligi deb ataladigan kattalik bilan tasvirlanadi. Ko'pchilik hollarda oddiy molekulalar uchun yutilish yo'lagining yarim kengligi 80-100 nm ga teng. Bu kattalik qancha kichik bo'lsa, analiz shuncha yaxsbi bo'ladi. Moddani fotometrik usul bilan aniqlash ikki qismdan ibprat bo'ladi: aniqlanadigan moddani elektromagnit nurlarni yutadigan birikmaga aylantirish va hosil qilingan birikma eritmasi yutgan elektromagnit nurlar intensivligini o'lchash.
Amalda hamma elementlarni aniqlash uchun fotometrik usullar ishlab chiqilgan. Biroq eritmalari spektrning ultrabinafsha, ko'rinadigan va yaqin infraqizil sohalarida yutadigan ba'zi ionlarning birikmalarini olish uchun kimyoviy reaksiyalar ishlab chiqilmagan. Bunday moddalarni aniqlash uchun bilvosita usullardan foydalaniladi.

Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling