Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari
Download 483.39 Kb.
|
Miqdoriy analiz Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbobni ishlatish boyicha umumiy korsatmalar.
Yorug'lik manbai. Yoritgich mexanizmining tuzilishi lampani to'g'ri o'rnatish uchun o'zaro perpendikulyar boigan uch yo'nalish bo'yicha siljitishga imkon beradi.
Yorug'lik filtrlarining spektral xarakteristikalari 3-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Kolorimetrning yorug'lik filtrlari
Kyuveta ushlagich. Kyuveta ushlagichga ikkita kyuveta o'rnatish mumkin. Kyuvetalarning biriga erituvchi yoki standart eritma, ikkinchisiga esa tekshiriladigan eritma solinadi. Kyuveta ushlagich kyuvetalar bo'lmasining stoliga o'rnatiladi. Kyuvetalarni yorug'lik yo'liga to'g'rilash 4 dasta (7-rasm) yordamida amalga oshiriladi. Kyuveta bo'lmasining 7 qopqog'i ochiq bo'lganda, yorug'lik qabul qilgichlar oldidagi oyna temir parda bilan yopiladi. Yorug'lik qabul qilgichlar 5 dasta yordamida ulanadi. 8-rasm. Kolorimetr orqa tomonining ko'rinishi: 1-voltmetr ulash joyi; 2-asbobni elektr manbaiga ulovchi sim; 3-asbobni yerga ulash joyi; 4-saqlagich; 5-asbobni tok manbaiga ulash tugmasi; 6-yon blokni berkitish dastasi Qaydqilish asbobi. Signalni qayd qiluvchi o'lchash asbobi sifatida M907-10 turidagi 1 mikroampermetr ishlatiladi. Mikroampermetr qopqog'ining orqa tomonida o'lchash chegarasi 0,1 V dan ko'p bo'lmagan raqamli voltmetrni ulash uchun joy 1 (8-rasm) qo'yilgan. Asbobni ishlatish bo'yicha umumiy ko'rsatmalar. Kolorimetr old tomonining chap qismida qora rang bilan 315, 364,4005 440,490, 540 bilan belgilangan yorug'lik filtrlari va asbobning sezgirligini boshqarish uchun qora rangli «1», «2», «3» «чувствительность» dastalari o'rnatilgan. 315-540 nm oralig'ida ishlaganda «чувствительность» dastalari ham qora rangli «1», «2» va «3» raqamlariga o'rnatiladi. O'lchashlar qizil rangli 590,670,750,870,980 nm to'lqin uzunliklariga ega bo'lgan yorug'lik filtrlari yordamida olib borilganda, «чувствительность» dastasi ham qizil yozuvli «1», «2», «3» holatlardan biriga o'rnatiladi. Kyuvetalar yorug'lik tushadigan va chiqadigan derazalarining yuzalari toza bo'lishi kerak. Bu tomonlar yuzasida dog' yoki eritmaning tomchisi qolgan bo'lsa, u o'lchash natijalari aniqligini pasaytiradi. Kyuvetalarni kyuveta ushlagichga qo'yish va undan olishda kyuvetaning yorug'lik tushadigan va chiqadigan tomonlari baraioq bilan ushlanmasligi kerak. Kyuvetaga quyiladigan suyuqlikning balandligi uning yon devoriga chizilgan belgi bilan bir xil bo'lishi kerak. Yorug'likning yo'liga navbatdagi yorug'lik filtrini o'rnatishda «chuvstvitelnost» dastasi «1» holatga qo'yilishi va «ustanovka 100 grubo» dastasi chap tomonga to'liq buralgan bo'lishi kerak. Bu bilan qayd qiluvchi mikroampermetrga katta tok berishning oldi olinib, asbobning ishlash muddati uzaytiriladi. Yorag'lik filtrini almashtirgandan so'ng yorug'lik qabul qilgichga 5 daqiqa davomida yorug'lik tushirib, keyin o'lchash boshlanadi. Download 483.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling