Kaliy ferrosianid eritmasini standartlash uchun tayyorlangan rux sulfat eritmasidan 25 ml olib, unga 50 ml suv, 2 g ammoniy sulfat, 20 ml 6 N li H2S04, 2-3 tomchi 1 % li K3[Fe(CN)6] eritmasi va difenilaminning (indikator) konsentrlangan sulfat kislotadagi 1 % li eritmasidan 3 tomchi qo'shiladi. Hosil qilingan aralashma ozgina vaqtga qoldiriladi, eritma havorang tusga kirgach, 0,05 M K4[Fe(CN)6] eritmasi yordamida sariq rang paydo bo'lguncha titrlanadi. K4[Fe(CN)6] eritmasining ortiqcha hajmi rux sulfat eritmasi bilan tomchilab sekin titrlangan holda aniqlanadi. 3 tomchi indikator uchun sarflangan titrant hajmiga 0,05 ml qo'shish tavsiya qilinadi.
Rux ionini aniqlash.
Eritmadagi rux ionini yoki rux qotishmasidagi ruxni aniqlash uchun tegishli miqdor namuna olinadi. Bunda hosil qilingan eritmaning taxminiy konsentratsiyasi 0,1 M atrofida bo'lishiga ahamiyat beriladi. Agar rux qotishmasi olingan bo'lsa, u 6 N li sulfat kislotada yuqoridagi kabi eritiladi va eritma tayyorlanadi.
Analizni bajarish tartibi yuqorida keltirilgan. Analiz natijasini hisoblashda kaliy ferrosianidning rux bo'yicha titridan foydalanish qulay. Buning uchun
TK4[Fe(CN)6] / Zn = 65 . CK4[Fe(CN)6 / 1000
formula asosida K4[Fe(CN)6] ning rux bo'yicha titri hisoblanadi. Bu yerdagi CK4[Fe(CN)6 hisoblashda dastlabki titrlashda sarflangan K4[Fe(CN)6] eritmasi hajmiga 0,05 ml qo'shilishi va undan ortiqcha K4[Fe(CN)6] ni titrlashga ketgan rux eritmasiga to'g'ri keladigan K4[Fe(CN)6] hajmi ayirib tashlanishi kerak. Aniqlanadigan moddaning massasi:
formula yordamida hisoblanadi. Agar tekshirish uchun rux qotishmasi olingan bo'lsa, undagi ruxning massa ulushi quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda, a - namunaning massasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |