Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Download 483.39 Kb.
bet31/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

12 - Laboratoriya mashg’uloti


Komplеksonomеtriya. EDTA ninig 0.05 N eritmasini tayyorlash va ZnSO4 standart eritmasi bialn standartlash



Darsning maqsadi:

Komplеksonomеtrik titrlash uchun kerakli ishchi va standart eritmalarni tayyorlash.



Nazariy qism

Kompleksimetriya usulida turli xil kompleks birikmalar hosil qiladigan moddalarni aniqlash mumkin. Kompleks hosil qiluvchi moddalarning turlariga ko'ra kompleksimetriya usullari kompleksonometriya, merkurimetriya, ftorometriya va boshqa usullarga bo'linadi. Bu usullar orasida kompleksonometrik usullar eng ko'p tarqalgan va ular boshqa usullarga ko'ra talaygina afzalliklarga ega. Bular qatoriga hosil bo'ladigan komplekslarning barqarorligi kompleksonlarning nisbatan arzonligi va eng muhimi xavfsizligi singarilar kiradi.


Kompleksonometriya
Kompleksonometrik titrlash metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks birikma hosil qilish reaksiyasiga asoslangan. Bunda juda barqaror, suvda yaxshi eruvchan ichki kompleks birikmalar hosil bo'ladi. Titrimetrik analizda asosan komplekson III yoki trilon B deb ataladigan natriy digidroetilendiamintetraatsetat (EDTA) tuzi ishlatiladi. Komplekson III ning molekulyar grafik formulasi quyidagicha:
HOOCCH2 CH2COONa
\ /
NCH2 CH2N
/ \
NaOOCCH2 CH2COOH
Bu moddaning ionlanish konstantasi katta bo'lib, metallar bilan hosil qilgan kompleksining barqarorligi metallarning xususiyatiga bog'liq. Ichki kompleksning hosil bo'lishida metall ioni karboksil gruppadagi vodorod atomining o'rnini egallaydi, azot atomi bilan esa koordinatsion bog' hosil qiladi. Ajralgan vodorodni bog'lash uchun reaksiya ammiakli bufer aralashma ishtirokida olib boriladi. EDTA ni qisqacha H2Y2-shaklda ifodalasak, reaksiya tenglamasi quyidagicha bo'ladi:
M2+ + H2Y2- + 2NH3  MY2- + 2NH4+



Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling