Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


,05 N li EDTA eritmasini tayyorlash


Download 483.39 Kb.
bet32/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

0,05 N li EDTA eritmasini tayyorlash.
EDTA ning kationlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyalarida ikkita vodorod atomi almashganligi uchun modda ekvivalentining molyar massasi:

Demak, 1,0 litr 0,05 N li eritma tayyorlashda 186,12 . 0,05 = 9,306 g EDTA, 500 ml tayyorlashda esa, 9,305.500/1000=4,653 g EDTA olishkerak bo'ladi.
EDTA ning eritmasini tayyorlashda uning hisoblangan tortimi texnik tarozida o'lchanib, o'lchov kolbasiga solinadi, ustiga kolbaning 1/3 qismigacha distillangan suv quyiladi va to'la erigyncha aralashtiriladi. Agar laboratoriyada EDTA ning yuqoriroq konsentratsiyali tayyor eritmasi bo'lsa, u holda shu eritmani suyultirib ham eritma tayyorlash mumkin.
0,05 N li EDTA eritmasining titrini o'rnatish.
EDTA eritmasining titrini o'rnatishda kimyoviy toza CaCO, yoki kimyoviy toza Zn metali ishlatiladi. Shuningdek, EDTA ning titri magniy sulfat fiksanali yordamida ham aniqlanishi mumkin.
Ruxning birlamchi standart eritmasini rux metalidan tayyorlash.


Rux tortimini husoblash. Ruxning EDTA bilan reaksiyasidagi ekvivalentining molyar massasi uning molekulyar massasining yarmisiga, ya'ni ЭZn = 65,37/2 = 32,69 ga teng. Demak, 250 ml 0,05 N li rux eritmasini tayyorlashda rux metalidan 32,690.05/4=0,4086 g olish kerak bo'ladi.
Eritmani tayyorlashda 0,4-0,5 g massali “k.t.” rux metali granulasi oldin texnik tarozida o'lchab olinadi va so'ngpa uning aniq massasi analitik tarozida tortib aniqlanadi. Tortim 250 ml li o'lchov kolbasiga solinadi, ustiga 5-6 ml konsentrlangan HC1 va 5 ml suv quyiladi.
Ruxning hammasi erib bo'lgach, kolbaning belgisigacha suv solinadi va eritma yaxshilab aralashtiriladi.
Rux eritmasining normalligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
NZn=mZn.100/32,69.250
bu yerda, mZn - ruxning massasi.


Ruxning birlamchi standart eritmasi yordamida EDTA eritmasini standartlash.
Titrlash kolbasiga ruxning standart eritmasidan alikvot qism olinadi, ustiga 20 ml pH=11 bo'lgan ammiakli bufer aralashma va 1 % li erioxrom qora T indikatorining bir necha kristallari (odatda ~1 % li erioxrom qorasi osh tuzining mayda kristallari bilan aralashtirib tayyorlanadi) qo'shiladi. So'ngra hosil bo'lgan eritma standartlanadigan EDTA eritmasi bilan aralashmaning qizil rangi ko'kka kirgunga qadar titrlanadi. Oxirgi nuqtaga yaqin qolganda titrant juda sekinlik bilan tomchilatib qo'shilishi zarur. Titrlash kamida uch marta takrorlanadi va o'rtacha natija olinadi.



Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling