Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana07.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1173963
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
tarmoq turlari va jihozlanishi

3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega 
(kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan 
kompyuterlar ulanadi.
Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa 
kompyuterlarga uzatiladi. 
Markaziy kompyuterning tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarining 
qurilmalariga nisbatan keskin ko`p bo`ladi.
Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so`z ham yuritib 
o`tirilimaydi. Odatda, aynan markaziy kompyuter eng ko`p quvvatga ega bo`ladi, 
sababi axborot almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga 
oshiriladi. 
Yulduz topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat bo`lishi 
mumkin emas. Chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o`rin yo`q. 
Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa to`qnashuv ro`y bersa, yulduz 
topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi to`xtaydi. Qolgan 
hamma kompyuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin. 
Shinadan farqli yulduzda har bir aloqa yo`lida faqatgina ikkita abonent 
bo`ladi: markaziy va tashqi kompyuterlardan biri. 
Ko`pincha kompyuterlarni ulash uchun ikkita aloqa yo`li ishlatiladi, ulardan 
har biri axborotni faqat bir tarafgagina uzatadi. Har bir aloqa yo`lida faqat bitta 
uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurulma ishlatiladi. Bu holat tarmoq qurilmalarini 
shina topologiyasiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi va 
qo`shimcha tashqi terminatorlardan foydalanishga ham hojat qolmayda. 
Markaziy abonent 8-16 tadan ko`p bo`lmagan tashqi abonentlarga xizmat 
ko`rsata oladi.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


18
Aktiv yulduz tarmog’ining tuzilishi quyidagi 5-rasmda keltirilgan. 
5-rasm. Aktiv yulduz tarmog’ining tuzilishi. 
Hozirgi kunda eng ko`p tarqalgan va taniqli Internet tarmog`ida Passiv 
yulduz topologiyasidan foydalaniladi.
Passiv yulduz topologiyasidan foydalaniladigan tarmoq markazida 
kompyuter emas, balki kondensator yoki HUB o`rnatiladi. Bu qurulma repitr 
bajargan vazifani bajaradi. 
Kondensatorning vazifasi o`tayotgan signalni tiklab, ularni boshqa aloqa 
yo`llariga uzatishdan iborat. Yulduz topologiyasi katta avzalligi shundan iboratki, 
hamma ulanish nuqtalari bir joyda jamlangandir.
Bu xususiyati tufayli tarmoq ish faoliyatini oson nazorat qilishga
nosozliklarni u yoki bu abonentni tarmoq markazidan oddiy uzib qo`yib tuzatishga, 
tarmoqni hayotiy muhim nuqtalaridan begona abonentlarni ulash imkoniyatini 
chegaralash kabi qulayliklarni beradi. 
Yulduz ulanish holatida har bir tashqi abonent kompyuteriga bitta abonentni 
ikki tomonga uzatish va ikkita kabel ulanish imkoni mavjud.
Yulduzsimon topologiyali barcha tarmoqlarning umumiy kamchiligi boshqa 
turdagi topologiyalarga nisbatan kabel ko`p sarflanishidir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


19
Masalan, shina topologiyasiga nisbatan yulduz topologiyasida bir necha 
marotaba uzun kabel sarflanadi. Bu holat tarmoq tannarxiga sezilarli darajada ta’sir 
qilishi mumkin. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling