Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc
II.5. TARMOQNING TEXNIK JIXOZLANISHI
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
tarmoq turlari va jihozlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kabellar asosan uch turga bo’linadi: -koaksial kabellar
- -juftli o’ram kabellari
II.5. TARMOQNING TEXNIK JIXOZLANISHI
Ko‘pchilik kompyuter tarmoqlarida simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir. Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar axborot uzatish muhiti deb yuritiladi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 22 Kabellar uzatish muhitining umumiy ko’rinishi quyidagi 6-rasmda keltirilgan. 6-rasm. Kabellar uzatish muhitining umumiy ko’rinishi. Kabellar asosan uch turga bo’linadi: -koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. Koaksial kabel elektr toki o‘tkazuvchi kabel bo‘lib, tuzilishi 7-rasmda ko‘rsatilgandek, markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo‘lib, metall sim to‘qimaga o‘ralgan hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo‘ladi. Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko‘p tarqalgan kabellar edi. Buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi, to‘qilgan juftlikka qaraganda, axborotni uzatish tezligi yuqoriligi va katta masofalarga yzatish imkoniyati mavjudligi. Koaksial kabellar asosan Shina topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun, albatta, terminatorlar o‘rnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi yerga ulanishi kerak. Koaksial kabelning tuzilishi quyidagi 7-rasmda keltirilgan. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 23 -juftli o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. O‘ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko‘p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. Uning tuzilishi quyidagi 8-rasmda keltirilgan. O`raglan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan har biri alohida qoplanib, ular o`zaro bir-biriga o`ralan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik g`ilofga olingan bo`ladi. U ancha egiluvhchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir. O`raglan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga razyomlarni ulashning osonligi va shuningdek, har qanday shkaslanishlarni ta’mirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan hamma texnik ko`rsatkichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan yomon. Masalan, signalni uzatishda berilgan so`nish tezligi (kabeldan signal o`tgan sari uning amplitudasini kamayishi) bu kabellardan koaksial kabel ko`rsatkichiga nisbatan katta. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling