Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana07.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1173963
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
tarmoq turlari va jihozlanishi

WiMAX texnologiyasi nafaqat tovushni uzatish, balki boshqa barcha 
turdagi ma'lumotlarni uzatish, ya'ni videokonferentsiya, internetga kirish
korporativ tarmoqlar va ma'lumotlar bazasini tashkil qilishni ham nazarda tutadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


30
Shubha yo'qki, kelajak WiMAX texnologiyasi bilan, lekin bizning 
mamlakatimizda bu texnologiya keng omma orasida kerakli qo'llab-quvvatlashga 
ega emas.
Internetning kirib kelishi va foydalanuvchilarni simsiz kirishga ega har hil 
turdagi mobil qurilmalar bilan ta'minlanganligi bo'yicha o'zbekistonliklar jahon 
etakchilari safida emaslar.
Shuning uchun yaqin yillar ichida yangi kirish nuqtalari birinchi navbatda 
pul to'lashga imkoniyati bor bo'lgan klientlarning yig'ilgan joylarda - biznes-
markazlar, ko'rgazma komplekslari, mehmonxonalar, restoranlar va aeroportlarda, 
ya'ni bu texnologiyani ishlatish iqtisodiy tomondan o'zini oqlaydigan joylarda 
joylashadi.  
II.7. HISOB QISMI 
Mahalliy hisoblash tarmoqlari yil sayin har bir firma, kompaniya, ishlab 
chiqarish korxonasi va o`quv muassasalariga zarur, sifatli ish dastgohi bo`lib 
bormoqda.
Ayniqsa, Windows operatsion sistemasining oxirgi versiyalarida ancha 
rivojlangan tarmoq vositalari mavjudligi maxsus tarmoq dasturlarini xarid 
qilishdan ozod qiladi.
Ammo har bir tarmoq bilan ishlovchi yoki tanishishni xohlagan 
foydalanuvchi mavjud adabiyotlardan qoniqa olmasligi mumkin. Chunki 
adabiyotlarning aksariyati ko`p va katta masalalarni bir kitob doirasida qamrab 
olishga harakat qilingan. 
Apparat va dasturiy vositalarning rivojlanishi, mukammalligi va shu bilan 
bir qatorda, ko`rinishidan soddaligi, ko`pchilik foydalanuvchilar tarmoqlari o`z 
kuchlari bilan o`rnata oladigan darajaga keltirilgan.
Axborotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi 
hisoblsh texnikasi paydo bol`gandan beri mavjuddir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


31
Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni 
birgalikda ishlashni tashkil qilish, bir masalani bir necha kompyuter yordamida hal 
qilish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga 
ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish hamda 
ko`pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo`ladi. 
Yana tarmoqning asosiy texnik ko`rsatkichlaridan biri – katta yuklamada 
ishlash imkoniyatidir, ya’ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib 
aytganda, katta trafik bilan).
Tarmoqda qo`llanilayotgan axborot almashinuvi boshqaruvchi mexanizm 
unumli bo`lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish uchun ko`p vaqt navbat 
kutib qolishi mumkin. 
Navbat kelganidan so`ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, 
tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun 
ma’lum vaqt kutishga to`g`ri keladi.
Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda 
ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bo`lgan kompyuterlar, 
axborotlar soni ma’lum bo`lishi kerak. 
Rejalashtirilganidan ko`p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi, yuklamaning 
oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga 
ulgura olmay qolishi tabiiydir. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling