Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
tarmoq turlari va jihozlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- WiMAX qisqartmasi ortida qanday sirlar yashiringanligini koz oldilariga keltira oladilar. WiMAX
- WiMAX
- WiMAX texnologiyasi
WIMAX TEXNOLOGIYASI
Bugungi kunda jahon axborot texnologiyalari yangiliklarida WiMAX texnologiyasidan foydalanayotgan kompaniyalar haqida tez-tez ma'lumotlar berilmoqda. Ko'rinib turibdiki, bu texnologiyani o'rganish juda yuqori sur'atlarda amalga oshirilmoqda, va ko'pgina taxlilchilar kompyuterlar va mobil qurimalardan foydalanishda bugungi kun yondoshuvini tubdan o'zgartira oluvchi bu texnologiyaga "ertaklardagi muvaffaqiyat"larni bashorat qilmoqdalar. Hanuzgacha foydalanuvchilarning juda oz sonigina ushbu WiMAX qisqartmasi ortida qanday sirlar yashiringanligini ko'z oldilariga keltira oladilar. WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) - shahar masshtabidagi tarmoqlar (MAN)uchun IEEE 802.16 standartiga asoslangan simsiz keng polosali kirish texnologiyalaridan biridir. "Oxirgi milya"da keng polosali aloqa, uyali tarmoqlar va hot-spotlar uchun infratuzilmalarni qurish, korporativ tarmoqlar uchun yuqori tezlikda aloqani tashkil qilish - bular WiMAX qo'llanilishi mumkin bo'lgan sohalar ichiga kiradi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 29 WiMAX Wi-Fi (oxirgisi o'zining foydalanish hududi chegaralanganligi bilan farqlanadi masalan, mehmonxona xolli, aeroport, restoranda) simsiz kirish texnologiyasining texnologik davomchisi bo'lib hisoblanadi. WiMAX raqamli abonent liniya (DSL)lariga ulanmagan million foydalanuvchilar, uylar va ofislarni internetga ulashni ta'minlab beradi. WiMAX jihozlarini qamrov hududining maydoni 50-60 kmga etadi, bu ularni mobil aloqa baza stansiyalari bilan birgalikda baland binolar va machtalarda o'rnatish imkonini beradi. 10 dan 66 GGts chastota diapazonida ishlab, 50 km masofagacha 75 Mbit/s o'tkazish qobiliyati bilan keng polosali kanalni ta'minlab beradi. IEEE 802.16d (802.16-2004) - bevosita ko'rinish yoq sharoitlarida statsionar qurilmalarga uzatishni ta'minlaydigan qayd qilingan aloqa uchun WiMAX versiyasi. Bunda 2 dan 11 GGtsgacha chastota diapazonlari ishlatiladi. Bu standart Internet, IP-aloqa, TDM-tovush uzatishga ulanish imkonini ta'minlaydigan simsiz keng polosali tarmoqlarni tashkil qilish imkonini beradi. IEEE 802.16e - 802.16-2004 standartining kengaytirilgan ko'rinishi hisoblanadi. Bunda 2-6 GGts chastota diapazonlari ishlatiladi. Bu standart foydalanuvchilar yo'lda yoki avtomobil harakati vaqtida aloqaga chiqish uchun noutbuklarga va boshqa mobil qurilmalariga WiMAX o'rnatish imkonini beradi. WiMAX texnologiyalari "oxirgi milya" muammolarini hal qilishga va aholi yashash punktlarining hamma hududlarida simsiz kirishni tashkil qilishda yordam beradi, shu bilan birga yangi bog'lanishlar uchun moliyaviy harajatlarni qisqartirishga olib keladi. Agar hozir bitta ob'ektni aloqa bilan ta'minlash bir necha oylargacha davom etsa, WiMAX texnologiyasi asosida qurilganda bu jarayon bir necha soat yoki kunda amalga oshirilishi mumkin. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling