Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc
II.6. BLUETOOTH –KABELSIZ TARMOQ
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
tarmoq turlari va jihozlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radiokanal
II.6. BLUETOOTH –KABELSIZ TARMOQ
Kompyuter tarmoqlarida ba’zi hollarda kabel orqali ulash o`rniga, kabelsiz kanallardan ham foydalaniladi. Ularning asosiy afzalligi shundan iboratki, hech qanday kabel yotqizishga, kabelning uzilgan joyini qidirish va ulashga hojat qolmaydi. Kompyuterlarni bemalol xonada yoki bino bo`ylab ko`chirish mumkin, chunki kompyuter kabellar bilan bog`lanmagan. Kabelsiz tarmoqning ko`rinishi quyidagi 15- rasmda keltirilgan. 15- rasm. Kabelsiz tarmoq. BlueTooth - kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr oralig’i bo’lib, 2.5 GGts chastotada ishlaydi. O’tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar ham bu standart uchun mo’ljallangan bo’lishi shart. Shuningdek, qo’l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog’lash mumkin. Agar telefon operatori (masalan, Uzdunrobita) Internetga bog’lash imkonini bersa, u holda kompyuterdan va qo’l telefonidan foydalangan holda simsiz Internetga bog’lanish mumkin (noutbuklar uchun juda qulay). Radiokanal – bu usulda axborot uzatish uchun radio to`lqinlaridan foydalaniladi, shuning uchun bu usulda aloqa yuzlab va hatto, minglab kilometrga uzatiladi. Axborot uzatish tezligi sekundiga o`nlab Mbitgacha yetishi mumkin. Mahalliy tarmoqlarda radiokanaldan foydalanmaslik sabablari quyidagilar: - uzatish va qabul qilish qurilmalari qimmat; - shovqindan saqlanish darajasi past; PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 28 - axborotni uzatish vaqtida sir saqlash butkul ta’minlanmagan; - mustahkamlik darajasi past. Lekin global tarmoqlar uchun radiokanal ko`pincha yagona vosita bo`lib qoladi, chunki signalni tiklash sputnigi yordamida axborotlarni butun dunyoga uzatishni ta’minlash nisbatan oddiydir. Uzoqda joylashgan bir necha mahalliy tarmoqlarni o`zaro ulab, bir butun tarmoq hosil qilish uchun ham radiokanaldan foydalaniladi. Tabiiyki, mavjud simsiz aloqa kanallari shina topologiyasiga to`g`ri keladi, sababi axborot hamma abonentlarga bir vaqtning o`zida uzatiladi. Lekin tor yo`naltirilgan axborot uzatishni tashkil qilingan taqdirda xohlangan topologiya (halqa, yulduz va boshqa) uchun radiokanalni va xuddi shuningdek, infraqizil kanalini tadbiq qilish mumkin. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling